Ajdin Muzaka (? – 1445) – Gjergj Kastrioti Skanderbegning qaynogʻasi va uning qoʻmondonlaridan biri. Islom dinini qabul qilgan va Usmoniylar armiyasida xizmat qilgan, biroq keyinchalik Skanderbeg qooʻzgʻoloniga qoʻshilgan.
Ajdin Mozaka Torvioll jangida markaziy qoʻshinning qoʻmondoni sifatida qatnashgan va albaniyaliklarning gʻalabasida hal qiluvchi rol oʻynagan. Mazkur jangda yaralangan va oradan koʻp oʻtmay vafot etgan. Ajdin Muzaka oʻzining favqulodda jasorati bilan tanilgan boʻlib, u Skanderbegning Usmoniylar imperiyasi kuchlariga qarshi janglarida halok boʻlgan birinchi yuqori martabali albaniyalik qoʻmondon ediNoli, Fan Stylian, George Castroiti Scanderbeg (1405–1468), International Universities Press, 1947Scanderbeg: From Ottoman Captive to Albanian Hero" Harry Hodgkinson.
Manbalar
Turkum:Usmoniylar imperiyasi harbiy xizmatchilari Turkum:Islomni qabul qilganlar Turkum:1445-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum shaxslar Turkum:Albaniyalik harbiy xizmatchilar Turkum:15-asr albaniyaliklari