Tabanıyassı (yassi oyoqli) Mehmed posho (1589-yilda tugʻilgan – 1637-yil 2-fevralda vafot etgan) – kelib chiqishi albaniyalik boʻlgan Usmoniylar imperiyasi davlat arbobi. 1628-yil sentyabrdan 1630-yil oktyabrgacha Misrning hokimi boʻlganMurphey, Rhoads (1998) Ottoman Warfare, 1500-1700 UCL Press, London page 228, note 69, , citing von Zambaur, Eduard Karl Max (1927) Manuel de généalogie et de chronologie pour l'histoire de l'Islam Lafaire, Hanover, , page 252.

Posho 1632-yil 18-maydan 1637-yilgacha Sulton Murod IV hukmronligi davrida bosh vazir lavozimida faoliyat yuritgan. Faoliyatining dastlabki yillarida shimoli-gʻarbiy Erondagi (Revan yurishi nomi bilan mashhur) harbiy yurishdagi xizmatlari tufayli sultonning ishonchini qozongan, ammo sulton Konstantinopolga qaytgach, Mehmed posho Revan (hozirgi Yerevan) qal’asini forslarning qarshi hujumidan himoya qila olmaganligi sababli lavozimidan ozod etilgan.

Keyinchalik Mehmed posho Silistra viloyatining hokimi etib tayinlangan. 1637-yilda Sulton Murod IV Mehmed poshoga shubha bilan qaray boshlagan va uni imperiyaning ayrim hududlarida isyonga hozirlik koʻrayotganlikda ayblagan. Sulton avval uni Yedikule qalʼasiga qamab qoʻygan, soʻngra 1637-yil 2-fevralda suvga choʻktirib qatl ettirganAyhan Buz: Osmanlı Sadrazamları, Neden Kitap, İstanbul, 2009, p.92.

Manbalar

Turkum:1637-yilda vafot etganlar Turkum:17-asr Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari Turkum:17-asr Usmoniylar imperiyasining Misr hokimlari Turkum:17-asrda Usmoniylar tomonidan qatl etilgan shaxslar Turkum:Usmoniylar imperiyasining Misr hokimlari Turkum:Posholar Turkum:Usmoniylar imperiyasida qatl etilganlar Turkum:Suvga choʻktirilib qatl etilgan shaxslar Turkum:Karacahmet qabristoniga dafn etilganlar Turkum:1589-yilda tugʻilganlar Turkum:17-asr albaniyalik shaxslar Turkum:Albaniyalik Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari