Carlos Humberto Ruiz Gutiérrez (1979-yil 15-sentabrda tugʻilgan) – gvatemalalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Futbolchilik faoliyati davomida El Peskado yoki „Baliq“ (hatto ispan tilida soʻzlashuvchilar tomonidan ham) taxallusi bilan chaqirilgan. Carlos CSD Municipal klubining yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. MLSning beshta klubida (Los-Anjeles Gelaksi, FK Dallas, Toronto, Filadelfiya Yunion va DC Yunayted) oʻynagan va MLS turniridagi ishtiroki davomida 182 ta oʻyinda 88 ta gol muallifi boʻlgan. MLSdagi ikkinchi mavsumida 16 ta gol urgan. 2002-yilda MLSning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilggan.
Carlos Ruiz 1998-yildan 2016-yilgacha Gvatemala terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. U barcha davrlarning eng buyuk gvatemalalik futbolchisi hisoblanadi. Uzoq vaqt davomida terma jamoa sardor b’lgan, eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi va Gvatemala terma jamoasining barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurari hisoblanadi. Carlos jahon chempionati saralash bosqichining besh bosqichida ishtirok etgan va 2016-yil sentyabr oyida 39 ta gol bilan jahon chempionati saralashining barcha davrlardagi eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Keyinchalik Cristiano Ronaldo bu rekordni 2025-yil oktyabr oyida, Portugaliya terma jamoasi tarkibida yangilagan. Carlos beshta saralash turnirida oʻynaganiga qaramay, hech qachon Gvatemala bilan jahon chempionati turnirga chiqa olmagan.
2019-yilda Ruiz Mayamidagi telekanalda ishlagan.
Yana qarang Xalqaro darajadagi 100 va undan ortiq oʻyinlardan maydonga tushgan erkak futbolchilar roʻyxati Xalqaro maydonda 50 va undan ortiq gol urgan erkak futbolchilar ro‘yxati Eng koʻp xalqaro gol urgan erkak futbolchilar roʻyxati (davlatlar kesimida) Manbalar
Havolalar
Detail of international appearances and goals – www.rsssf.com – by Luis Fernando Passo Alpuin, RSSSF
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Gvatemalalik erkak futbolchilar Turkum:C.S.D. Municipal futbolchilari Turkum:PAS Giannina F.C. futbolchilari Turkum:LA Galaxy futbolchilari Turkum:FC Dallas futbolchilari Turkum:Toronto FC futbolchilari Turkum:Club Olimpia futbolchilari Turkum:Club Puebla futbolchilari Turkum:Aris Thessaloniki F.C. futbolchilari Turkum:Philadelphia Union futbolchilari Turkum:C.D. Veracruz futbolchilari Turkum:D.C. United futbolchilari Turkum:Liga MX futbolchilari Turkum:Major League Soccer All-Stars Turkum:Major League Soccer futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Gvatemalalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Meksikadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kanadadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Paragvaydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar