Matrasul Matyoqubov (3-iyun 1958, Xiva, Xorazm viloyati) — oʻzbek sozandasi, surnay va qoʻshnay ijrochisi, musiqashunos va pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2006), Doʻstlik ordeni sohibi. Oʻzbekiston va xorijda oʻzbek milliy cholgʻu ijrochiligini targʻib qilgan sanʼatkor.

Hayoti va taʼlimi Matrasul Matyoqubov 1958-yil 3-iyunda Xiva shahrida tugʻilgan. U Matyoqub Ollayorovdan qoʻshnay va surnay chalishni oʻrgangan. 1973-yilda Urganch shahridagi Matyusuf Xarratov nomli musiqa bilim yurtida, 1977-yildan Toshkent davlat konservatoriyasining Sharq musiqasi boʻlimida tahsil olgan.

Faoliyati 1970–1980-yillarda u Otajon Xudoyshukurov, Ortiq Otajonov, Farhod Davletov bilan birga ijod qilgan. 1987-yilda maqom ijrochilari tanlovida gʻolib boʻlgan. 1990-yillardan boshlab Turkiya, Koreya, Yaponiya, Germaniya va Fransiyada Oʻzbekiston sanʼatini targʻib qilgan.

Pedagogik faoliyati 1989-yildan pedagog sifatida faoliyat yuritadi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va Yunus Rajabiy nomidagi OʻzMMSIda dars bergan. “Qoʻshnay”, “Surnay”, “Oʻzbek anʼanaviy cholgʻulari” kabi oʻquv qoʻllanmalar muallifi.

Mukofotlari

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2006) Doʻstlik ordeni Professor unvoni (2019)

Shaxsiy hayoti Turmush oʻrtogʻi Munavvar Ollayorova, farzandlari Quvondiq va Orzuxon Matyoqubovalar musiqiy yoʻnalishda faoliyat yuritishadi.

Manbalar

Surnayni sayratgan ustoz. Ocherk Davronova A (2024).Saibjon Begmatov; Matrasul Matyoqubov.Oʻzbek anʼanaviy cholgʻulari, (Madaniyat, sanʼat akademik litsey va kollejlari uchun oʻquv qoʻllanma), Toshkent: "Yangi nashr" nashriyoti, 2008 — 72-bet. ISBN 978-9943-330-13-9. (https://uz.wikipedia.org/wiki/Maxsus:BookSources/978-9943-330-13-9)

Rifatilla Qosimov. An’anaviy ijrochilik. — Oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma. — Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti, 2007.