Mehmed Salim posho (1771-yil Moldovaning Bender shahrida tugʻilgan – 1831-yil Damashqda cafot etgan) „Benderli“ laqabli Usmoniylar davlat arbobi. Sulton Mahmud II hukmronligi davrida 1824-yil 14-sentyabrdan 1828-yil 24-oktyabrgacha Usmoniylar imperiyasi bosh vaziri sifatida xizmat qilgan. Gretsiya mustaqillik urushiga qarshi kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Uning boshqaruvi davrida Vaka-i Hayriye (Yanicharlar isyonining tugatilishi)İsmail Hâmi Danişmend, Osmanlı Devlet Erkânı, Türkiye Yayınevi, İstanbul, 1971, p. 73. hamda 1827-yilgi Navarino jangi sodir boʻlgan. 1828–1830-yillarda Rumeliya viloyati, 1830–1831-yillarda esa Damashq (Suriya) viloyatining valiysi boʻlib xizmat qilgan. Biroq Damashq aholisi va mahalliy yanicharlar garnizoni unga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargach, Damashq qal’asiga boshpana izlab kirgan. 40 kunlik qamaldan soʻng unga qal’adan xavfsiz chiqib ketishi vaʼda qilingan, ammo posho shaharni tark etishga ulgurmasdan qasddan oʻldirilgan.
Manbalar
Turkum:1831-yilda vafot etganlar Turkum:1771-yilda tugʻilganlar Turkum:Damashqning Usmoniy hokimlari Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari