Aleksandr Hamidov (1987-yil 15-avgustda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik xalqaro toifadagi boks hakami . U Oʻzbekiston boks federatsiyasi hakamlar qoʻmitasi raisi hisoblanadi. Faoliyati davomida Osiyo va jahon chempionatlari, Hamdoʻstlik oʻyinlari, Olimpiya oʻyinlari saralash bosqichlari hamda yirik xalqaro turnirlarda hakamlik qilgan. Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA)ning 3 yulduzlik hakami hisoblanadi.

Faoliyati Aleksandr Hamidov 2014-yildan boshlab xalqaro musobaqalarda ring hakami sifatida ishlaydi. Quyida u hakamlik qilgan ayrim yirik musobaqalar keltiriladi (yillar boʻyicha):

2016-yil — Bolgariya: xalqaro turnir Strandja; Latviya: xalqaro turnir Riga Open; Litva: xalqaro turnir Dana’s Poznikas. 2017-yil — Toshkent (Oʻzbekiston): Osiyo chempionati; Tailand: Osiyo chempionati; Filippin: Osiyo chempionati; Germaniya, Gamburg: Jahon chempionati; Xitoy: China Open xalqaro turniri; WSB musobaqalarida hakamlik qilgan. 2018-yil — Hindiston: ayollar jahon chempionati; Avstraliya: Hamdoʻstlik oʻyinlari; Rossiya (Qozon, Sankt-Peterburg), Qozogʻiston, Kuba: World Series of Boxing bosqichlari; Tailand: Osiyo chempionati. 2019-yil — Tailand: Osiyo chempionati; Kuvayt: Osiyo chempionati; BAA, Fujayra: Osiyo chempionati; Rossiya, Yekaterinburg: Jahon chempionati. 2020-yil — Senegal: Olimpiya saralash musobaqasi; Buyuk Britaniya, London: Olimpiya saralash musobaqasi. 2021-yil — BAA, Dubay: Osiyo chempionati; Polsha: yoshlar oʻrtasida jahon chempionati; Fransiya: Olimpiya saralash musobaqasi; Chernogoriya: Adriatic Pearl xalqaro turniri; Serbiya, Belgrad: Jahon chempionati. 2022-yil — Iordaniya, Amman: Osiyo chempionati; Ozarbayjon, Boku: Ozarbayjon chempionati; Qirgʻiziston, Bishkek: Qirgʻiziston kubogi; Kuvayt: xalqaro turnir; Rossiya, Vladivostok: Children of Asia Games; Toshkent: Osiyo chempionati. 2023-yil — Serbiya: Yevropa chempionati; Kamerun, Yaounde: Afrika chempionati.

2024-yil — Serbiya, Belgrad: Yevropa erkaklar va ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan EUBC Kattalar chempionati; Ozarbayjon, Boku: Great Silk Way xalqaro turniri; Oʻzbekiston, Toshkent: Professional Boks Oqshomi (IBA); Tojikiston, Dushanbe, Xalqaro boks kechasi; Tailand, Bangkok: Thailand Open xalqaro turniri. 2025-yil — Tailand, Bangkok: Thailand Open xalqaro turniri Yutuqlari Aleksandr Hamidov 2017-2018-yillarda Osiyoda yilning eng yaxshi boks hakami unvonini qolga kiritgan

2018-yilda Tailanddagi Osiyo chempionatida “Eng yaxshi hakam” sifatida eʼtirof etilgan. 2021-yilda Dubaydagi Osiyo chempionatida “Eng yaxshi hakam” unvoniga sazovor boʻlgan. 2022-yilda Toshkentdagi Osiyo chempionatida ham “Eng yaxshi hakam” deb topilgan.

Manbalar

Tashqi havolalar Aleksandr Hamidov — BoxRec veb-saytidagi hakamlik statistikasi.

Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik sport hakamlari Turkum:Buxoroda tugʻilganlar