Yovuz Ali posho yoki Malkoç Ali posho (1604-yil 26-iyul Belgradda vafot etgan) – Usmoniylar davlat arbobi. Malkoçoğlu oilasiga mansub boʻlib, 1603-yil 16-oktyabrdan 1604-yil 26-iyulgacha Usmoniylar imperiyasining bosh vaziri lavozimida xizmat qilgan. U bu lavozimda Yemişçi Hasan poshoning oʻrniga kelgan. Bungacha esa 1601-yildan 1603-yilgacha Misr hokimi boʻlib ishlaganUzunçarsılı, İsmail Hakkı, (1954) Osmanlı Tarihi III. Cilt, 2. Kısım, XVİ. Yüzyıl Ortalarından XVII. Yüzyıl Sonuna kadar, Ankara: Türk Tarih Kurumu (Altıncı Baskı 2011 ) say.360. Bosh vazir lavozimiga 1603-yil 29-dekabrda, bosh vazir deya eʼlon qilinganidan 2 oydan koʻproq vaqt oʻtib, Sulton Ahmad I taxtga oʻtirganidan 1 hafta keyin rasman tayinlangan. Bunga sabab posho Misrdagi ishlarni tartibga solishi va uning Konstantinopolga safar qilishi uchun vaqt ketgan.
1604-yil yozida Gabsburglarga qarshi davom etayotgan urushda Usmoniylar qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilish uchun poytaxtni tark etgan. Safar davomida kasal boʻlib qolgan va 1604-yil 26-iyulda Belgradda vafot etgan. Uning oʻrniga Sokolluzade Lala Mehmed posho Usmoniylar imperiyasining keyingi bosh vaziri etib tayinlangan.
Yana qarang Usmoniylar imperiyasi Buyuk vazirlarining roʻyxati
Manbalar
Turkum:1604-yilda vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasidan boʻlgan serblar Turkum:Misrning Usmoniy hokimlari Turkum:17-asr Misrning Usmoniy hokimlari Turkum:17-asr Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari Turkum:16-asrda tugʻilganlar