Sema Kaygusuz (1972-yil 29-avgustda Samsun, Turkiyada tugʻilgan) – turk roman yozuvchisi, dramaturgi, esse va qisqa hikoyalar muallifi. Uning asarlari ingliz, italyan, nemis, fransuz, shved va norveg tillariga tarjima qilingan. U 2016-yilda „Barbarning kulishi“ (Laughter of the Barbarian) romani uchun Yunus Nadi mukofotini qoʻlga kiritdi. Boshqa mukofotlar qatorida u Cevdet-Kudret adabiyot mukofoti, Fransiya-Turkiya adabiyot mukofoti sovrindori boʻlib, nemis adibi Fridrix Rükert mukofoti laureati deb topilgan. Uning „Yüzünde Bir Yer“ (Every Fire You Tend) romanining ingliz tilidagi tarjimasi ham TA First Translation Prize mukofotini, ham English PEN mukofotini qoʻlga kiritgan. Hozirda u Istanbulda yashaydi.

Ssenariynavis sifatida u rejissyor Yeşim Ustaoğlu bilan birgalikda 2008-yilda suratga olingan Pandoraʼs Box (turkcha: Pandoraʼnın Kutusu) filmi ssenariysini yozgan.

Tanlangan asarlari Turk tilida Ortadan Yarısından (qisqa hikoyalar), 1997 Sandık Lekesi (qisqa hikoyalar), 2000 Doyma Noktası (qisqa hikoyalar), 2002 Esir Sözler Kuyusu (qisqa hikoyalar), 2004 Yere Düşen Dualar (roman), 2006 Yüzünde Bir Yer (roman), 2009 Karaduygun (qisqa hikoyalar), 2012 Barbarın Kahkahası (roman), 2016 Aramızdaki Ağaç Yazılar (essalar), 2019

Tarjima qilingan asarlari Wein und Gold Roman, Barbara Yurtdaş va Hüseyin Yurtdaş tarjimasi (Suhrkamp Verlag, 2008) La chute des prières: roman, Noémi Cingöz tarjimasi (Actes Sud, 2009) Ce lieu sur ton visage: roman, Catherine Erikan tarjimasi (Actes Sud, 2013) En bønn faller til jorden, Cora Skylstad tarjimasi (Cappelen Damm, 2015) Platsen i ditt ansikte, Ulla Bruncrona tarjimasi (Ersatz, 2015) The Well of Trapped Words, Maureen Freely tarjimasi (Comma Press, 2015) L'éclat de rire du barbare, Catherine Erikan tarjimasi (Lettres turques, 2017) Every Fire You Tend, Nicholas Glastonbury tarjimasi (Tilted Axis Press, 2019) La risata del barbaro, Giulia Ansaldo tarjimasi (Voland, 2020) The Passenger: Turkey (Europa Editions, 2021)

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asr turk romanchilari Turkum:21-asr turk ayol yozuvchilari Turkum:1972-yilda tugʻilganlar