Jaloliddin Ahmadaliyev (1992-yil 12-sentabr, Dangʻara tumani, Fargʻona viloyati) – oʻzbekistonlik xonanda. U 2021-yilda ijodiy faoliyatini boshlagan boʻlib, qisqa vaqt ichida YouTube platformasida mashhurlikka erishgan.

Hayoti Jaloliddin Ahmadaliyev 1992-yil 12-sentyabrda Fargʻona viloyati Dangʻara tumaniga qarashli Qirqlar qishlogʻida tugʻilgan. Oʻz qishlogʻidagi 18-maktabda oʻqigan, keyin kollejda oʻqishni boshlagan, ammo uni tugatmasdan Rossiyaga ishlash uchun ketgan. Moskva shahrida uch yil davomida turli sohalarda mehnat qilgan. Oʻzbekistonga qaytgach, u turli hunarlarni egallagan: avval avtomobillarni yuvish shaxobchasida, keyin kosibchilik va santexniklik bilan shugʻullangan. Shu davrlarda ham qoʻshiqchilikka qiziqib, sheʼrlarni kuyga solishni davom ettirgan. Biroq oyoq kiyim ishlab chiqarishda qoʻllanadigan zaharli yelim sababli sogʻligʻida muammolar paydo boʻlgan. Shundan soʻng ijodga yanada jiddiyroq yondashishni boshlagan.

Faoliyati Jaloliddin bolaligidan qoʻshiq kuylashga qiziqqan. Lekin musiqa boʻyicha oʻqimagan. U dastlab boshqa xonandalarga qoʻshiqlar yozib bergan. Uning ijodiy faoliyati 2021-yil 22-sentabrda premyera qilingan „Yor bizdan ketdi“ qoʻshigʻining videoklipidan boshlangan. Ushbu klip uch oy ichida 19 ming martadan ortiq tomosha qilingan. Keyingi „Menda qolmadi dil“ nomli videoklipi bir oy ichida 9,5 mingdan ortiq koʻrilgan.

Xonanda qisqa vaqt ichida mashhurlikka erishib, deyarli har hafta yangi qoʻshiqlarini taqdim eta boshlagan. Uning qoʻshiqlari nafaqat Oʻzbekistonda, balki Turkiya, Ozarbayjon, Eron, Tojikiston va Qozogʻiston kabi mamlakatlarda ham qiziqish uygʻotgan.

Ijodi davomida „Ona, seni unutganim rost“, „Yor bizdan ketdi“, „Menda qolmadi dil“, „Tuproqdan boʻlgansan, tuproq boʻlasan“, „Eh joʻralar“, „Xavotirman“, „Dadamning soyasida“ kabi qoʻshiqlari keng auditoriya orasida mashhur boʻlgan.

Jaloliddin 2022-yil 7–8-iyunda „Xalqlar doʻstligi“ sanʼat saroyida ilk yakkaxon konsertini bergan. Konsert 2 qismli boʻlib, unda jami 20 dona qoʻshiq kuylangan va toʻliq jonli ijro etilgan.

Mualliflik huquqi bilan bogʻliq mojarolar 2023-yilda Jaloliddin Ahmadaliyev shoir Behzod Fazliddinning „Ayyor doʻstlarim“ sheʼridan ruxsatsiz foydalanib qoʻshiq ijro etganini maʼlum boʻlgan. Sud qaroriga koʻra, xonandaning mualliflik huquqini buzganligi tasdiqlangan. Unga maʼmuriy jarima belgilangan va shoir foydasiga 26 million soʻm undirilgan. Shuningdek, qoʻshiqni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash majburiyati yuklatilgan.

Shaxsiy hayoti Jaloliddin turmush qurgan boʻlib, Ahmadali ismli oʻgʻli ham bor.

Qarashlari Jaloliddin oʻz intervyularida sanʼatdagi muvaffaqiyatlarini Allohning inoyati deb bilishini qayd etadi. Shuningdek, bir paytlar orzu qilgan ijodkorlari bilan bir sahnada qoʻshiq kuylash imkoniga ega boʻlgani va oʻz tinglovchilari borligidan minnatdor ekanini bildirgan.

Shuningdek, u sahnadagi odob-axloq masalalarida oʻz qarashlariga ega. U „Yilning eng yaxshi erkak xonandasi“ mukofotini qabul qilayotgan chogʻida hamkasbi Zulayho Boyxonova bilan qoʻl berib koʻrishmagan, balki yelkasiga qoqib qoʻyishni afzal koʻrgan. Bu holat xonandaning shaxsiy eʼtiqod va qarashlariga asoslangan odati sifatida tilga olinadi.

Qoʻshiqlari +NomiSheʼr muallifiBastakorYilIzohYor bizdan ketdi2021Menda qolmadi dil2021Tuproqdan boʻlgansan, tuproq boʻlasanEh joʻralarXavotirmanDadamning soyasidaXurshid KarimUshbu qoʻshiq asl muallif xonanda Baxtiyor Gʻoziyev hisoblanadi. Biroq tinlovchilar TikTokdagi tarqalgan videolar sababidan Jaloliddinga tegishli deb oʻylashadi.Ona, seni unutganim rostNigoro

Mukofotlari Yilning eng yaxshi erkak xonandasi (2023-yil).

Manbalar

Havolalar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar