thumb|Sulton Sulaymonning Usmoniylar–Safaviylar urushi (1532–1555) davridagi fathlari unga Fors koʻrfaziga chiqish imkonini berdi va Usmoniylar imperiyasi uchun barqaror sharqiy chegarani oʻrnatdi. Amasya tinchlik shartnomasi (; ) – 1555-yil 29-mayda Safaviylar davlati shohi Tahmosb I va Usmoniylar imperiyasi sultoni Sulaymon I oʻrtasida Amasya shahrida 1532–1555-yillardagi Usmoniylar–Safaviylar urushi yakunida tuzilgan bitim.

Tarixi Shartnoma Eron va Usmoniylar imperiyasi oʻrtasidagi chegarani belgilab berdi, uning ortidan yigirma yillik tinchlik davri boshlandi. Bu bitimga koʻra, Armaniston va Gruziya teng ravishda ikki tomon oʻrtasida boʻlindi. Gʻarbiy Armaniston va Gʻarbiy Gruziya (jumladan, Gʻarbiy Samtsxe) Usmoniylar qoʻliga oʻtdi, Sharqiy Armaniston va Sharqiy Gruziya (jumladan, Sharqiy Samtsxe) esa Eron qoʻlida qoldi. Usmoniylar Iroqning katta qismini, jumladan, Bagʻdod shahrini egallab, Fors koʻrfaziga chiqish imkoniyatiga ega boʻldilar, forslar esa oʻzlarining sobiq poytaxti Tabriz shahrini hamda Kavkazdagi barcha shimoli-gʻarbiy hududlarini, jumladan, Dogʻiston va hozirgi Ozarbayjon hududlarini urushlardan avvalgi holatida saqlab qoldilarThe Reign of Suleiman the Magnificent, 1520–1566, V. J. Parry, A History of the Ottoman Empire to 1730, ed. M. A. Cook (Cambridge University Press, 1976), 94.Mikaberidze, Alexander Conflict and Conquest in the Islamic World: A Historical Encyclopedia, Volume 1. ABC-CLIO, 31 jul. 2011 p 698A Global Chronology of Conflict: From the Ancient World to the Modern Middle East, Vol. II, ed. Spencer C. Tucker, (ABC-CLIO, 2010). 516.. Shunday qilib, belgilangan chegara sharqiy va gʻarbiy Gruziyani ajratib turuvchi togʻlar orqali, Armaniston hududidan oʻtib, Zagros togʻlarining gʻarbiy yon bagʻirlari orqali Fors qoʻltigʻigacha choʻzildi.

Sharqiy Onadoʻlida, masalan, Arzirum, Shahrizor va Van kabi hududlarda bir nechta bufer zonalari ham tashkil etildi. Kars esa betaraf hudud deb eʼlon qilindi va undagi mavjud qal’a buzib tashlandiMikaberidze, Alexander Conflict and Conquest in the Islamic World: A Historical Encyclopedia, Volume 1. ABC-CLIO, 31 jul. 2011 p 698.

Bundan tashqari, Usmoniylar fors ziyoratchilariga Makka va Madina kabi musulmonlar uchun muqaddas shaharlarga, shuningdek, Iroqda joylashgan shialar uchun muqaddas ziyorat joylariga erkin borish imkoniyatini kafolatladilarShaw, Stanford J. (1976), History of the Ottoman Empire and modern Turkey, Volume 1, p. 109. Cambridge University Press, .

Kavkazning qatʼiy ravishda boʻlinishi va Mesopotamiyaning qaytarilmas tarzda Usmoniylarga berilishi yirik tinchlik bitimi – 1639-yildagi Zuhob sulhiga muvofiq amalga oshirildiFeodalniy stroy , Great Soviet Encyclopedia .

Shartnomaning yana bir bandiga koʻra, Safaviylar birinchi uchta Roshidun xalifalari, Oysha va boshqa sahobalarni qargʻash amaliyotini toʻxtatishga majbur boʻldilar, chunki ular sunniylar tomonidan yuksak ehtirom bilan eʼzozlangan shaxslardir. Bu talab Usmoniylar—Safaviylar oʻrtasidagi shartnomalarda odatiy hisoblangan, ammo bu safar Tohmasb uchun tahqirli shart sifatida qabul qilindi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Sulaymon I Turkum:Dogʻiston tarixi Turkum:Eron–Usmoniylar imperiyasi bitimlari Turkum:16-asr Eronda Turkum:16-asr Ozarbayjonda Turkum:16-asr Armanistonda Turkum:Amasya tarixi Turkum:1555-yil Usmoniylar imperiyasida Turkum:Usmoniylar imperiyasining tinchlik shartnomalari