Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi (UTTF) – Oʻzbekistonda stol tennisi sportini boshqaruvchi milliy tashkilot. Federatsiya ichki musobaqalarni tashkil etish, stol tennisi rivojini qoʻllab-quvvatlash va Oʻzbekistonni xalqaro tadbirlarda ishtirokini taminlash bilan shugʻullanadi. Federatsiya Xalqaro stol tennisi federatsiyasi (ITTF) va Osiyo stol tennisi ittifoqi (ATTU) aʼzosi hisoblanadi. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi tomonidan rasman tan olingan.
Tarixi Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi 1993-yilda, mamlakat mustaqillikka erishgach tashkil etilgan. Federatsiya milliy chempionatlar, yoshlar va kattalar uchun treninglar tashkil qiladi va sportni ommalashtirishga xizmat qiladi.
Faoliyati Erkaklar, ayollar va yoshlar boʻyicha milliy chempionatlarni tashkil etadi. Yoshlar va ommaviy sport dasturlarini rivojlantiradi. Hakamlar va murabbiylar uchun kurslar oʻtkazadi. Milliy terma jamoalarni Osiyo va jahon chempionatlariga tayyorlaydi.
Xalqaro ishtirok Oʻzbekiston milliy stol tennisi jamoalari muntazam ravishda ishtirok etadi: Osiyo va qitʼa birinchiliklari. Jahon chempionatlari. Olimpiada saralashlari va Olimpiada oʻyinlari.
Rahbariyat Rais: Sherzod Qudbiyev (25-aprel 2022-yildan) Raisning oʻrinbosari: Bahodir Abdullayev
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda Sport Federatsiyalari Turkum:Oʻzbekistonda tennis Turkum:2002-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar