Yeldana Talipova (Olmaota, Qozogʻiston) – qozogʻistonlik ayol bokschi. Boks boʻyicha Qozogʻiston milliy terma jamoasi aʼzosi, 2025-yilgi boks boʻyicha Jahon chempionatida bronza medal sovrindori.
Faoliyati Yeldana Talipova 11 yoshida boks bilan shugʻullana boshlagan.
2024-yil Tailandda Chiangmay shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida finalda oʻzbekistonlik bokschi Oltinoy Sotimboyeva ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritgan.
2025-yil Serbiyaning Nish shahrida oʻtkazilgan IBA boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medali sovrindori boʻlgan. Boks boʻyicha 2025-yilgi Jahon kubogining ikkinchi bosqichida kumush medalini qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili sentyabr oyida Angliyaning Liverpul shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan, ammo yarim finalda polshalik bokschi Agata Kaczmarskaga yutqazib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qozogʻistonlik ayol bokschilar