Muhammad ibn Ibrohim Junagarhiy ()(1890 – 1941; Muhammad Junagarhiy nomi bilan tanilgan) – hind islom olimi. Butun Hindiston Ahli Hadis Konferensiyasining asoschisi va prezidenti boʻlib ishlagan. Ibn Qpyyimning „I’lom ul muvaqqi’in an rab il alamin“ asarini va Ibn Kasirning Qur’on tafsirlarini urdu tiliga tarjima qilgan.

Biografiyasi Muhammad Junagarhiy 1890-yilda Junagad shtatida tugʻilgan va memon etnik guruhiga mansub. Muhammad ibn Ibrohim Junagarhiy nomi bilan mashhur edi. Oʻzining ilk taʼlimini shaharda tugatgan va keyinchalik Dehliga koʻchib oʻtgan va u Aminiya madrasasida tahsil olgan. Keyinchalik Aminiyadagi oʻqishini toʻxtatdi va Abduvahhob Moʻltoniyning Dorul kitoba va as-sunna madrasasida oʻqidi.

Junagarhiy Butun Hindiston Ahli Hadis Konferensiyasiga asos solgan va Butun Hindiston Ahli Hadis Konferensiyasining prezidenti lavozimida ishlagan. 1941-yilda 51 yoshida vafot etgan.

Adabiy asarlari Junagarhiy Tafsir ibn Kasir va Ibn Qoyyimning „I’lom ul muvaqqi’in 'an rab il 'alamin“ asarini urdu tiliga tarjima qilgan. Uning boshqa asarlari:

Sayf-i Muhammadiy Shom’i Muhammadiy Tafsir Ahsan ul-Bayon, Hofiz Salohiddin Yusuf tafsiri bilan Qur’on tarjimasi.

Manbalar

Turkum:1890-yilda tugʻilganlar Turkum:1941-yilda vafot etganlar Turkum:Junagadhliklar Turkum:Hindistonlik islomshunos olimlar Turkum:Hindiston sunniy musulmonlari Turkum:Hindistonlik sunniy islom olimlari Turkum:Hadis olimlari Turkum:Madrasa Aminia bitiruvchilari Turkum:Ahl-i Hadith vakillari Turkum:1891-yilda tugʻilganlar