Liesette Bruinsma (2000-yil 9-sentyabrda tugʻilgan) – gollandiyalik para suzuvchi. Koʻrish qobiliyati zaif sportchilar uchun moʻljallangan S11 toifasida musobaqalarda ishtirok etadi. Oʻz tasnifi boʻyicha 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ikki karra chempioni. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasida S11 toifasida 400 metrga va S11 toifasida 100 metrga suzish bahslarida ishtirok etib, ikkita kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Suzish faoliyati Bruinsma ilk marta 2014-yilda Glazgoda oʻtkazilgan musobaqada Gollandiya sharafini himoya qilgan. Uning dastlabki yirik xalqaro musobaqasi 2016-yilda Funshalda oʻtkazilgan IPC suzish boʻyicha Yevropa chempionati boʻlib, sportchi jami oltita yoʻnalishda ishtirok etgan va ulardan beshtasida musobaqa medallarini qoʻlga kiritgan. Bruinsma bu musobaqada S11 toifasida 400 metrga erkin usulda, SB11 toifasida 100 metrga brass usulida va SM11 toifasida 200 metrga kompleks suzish bahslarida 3 ta oltin medalga sazovor boʻlgan.
Shu yili Bruinsma ilk marta Paralimpiya oʻyinlarida ham ishtirok etgan va 200 metrga individual kompleks usuli hamda 400 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida oltin medalga ega chiqqan. Sportchi umumiy hisobda musobaqaning beshta medaliga sazovor boʻlgan.
Gollandiya terma jamoasi 2017-yilgi Meksika shahrida oʻtkazilgan para suzish boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etmagan, biroq Bruinsma 2018-yilgi para suzish boʻyicha Yevropa chempionatida toʻrtta oltin medalni qoʻlga kiritgan, shuningdek, oʻyinlarda ikkita jahon rekordini oʻrnatgan.
2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Bruinsma ayollar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzish bahsi finalidan keyin Li Guizhi (Xitoy) unga toʻsqinlik qilganini daʼvo qilib, protest bildirgan. Paralimpiada tashkilotchilari ushbu protestni qabul qilgan va musobaqani bekor qilib, qaytadan suzish boʻyicha qaror qabul qilgan. Bu qaror Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida norozilikka sabab boʻlgan. Qayta suzish 2021-yil 29-avgustda oʻtkazilgan, natijada ikki xitoylik suzuvchi yana oltin va kumush medallarni qoʻlga kiritgan, Bruinsma esa 4-oʻrinda qolgan.
Manbalar
Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2000-yilda tugʻilganlar