2007-yilgi Parapan Amerika oʻyinlari, rasmiy nomi III Parapan Amerika oʻyinlari nogironligi boʻlgan sportchilar uchun moʻljallangan yirik koʻp musobaqali sport tadbiri boʻlib, Parapan Amerika Oʻyinlari anʼanasiga va Amerika Paralimpiya qoʻmitasi qoidalariga muvofiq 2007-yil 12-19-avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida oʻtkazilgan. Rio-de-Janeyro Tashkiliy qoʻmitasi (CO-Rio 2007) va Braziliya Paralimpiya qoʻmitasi (CPB) tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir Parapan Amerika oʻyinlarining birinchi marta Panamerika oʻyinlari bilan bir shaharda va undan toʻgʻridan-toʻgʻri keyin oʻtkazilishi bilan ajralib turdi.

Taklif berish jarayoni

Rasmiy taklif 2001-yil avgust oyida Dominikan Respublikasining Santo-Domingo shahrida boʻlib oʻtgan Panamerika sport tashkiloti (PASO) Bosh assambleyasida taqdim etilgan. 2002-yil aprel oyida, Federal, Shtat va Shahar Hukumatlari hamda BOK (Braziliya Olimpiya qoʻmitasi) tomonidan mamlakat, shtat, shahar va Braziliya sportining Oʻyinlar reglamentiga mos kelishini tasdiqlovchi xatlar topshirilgandan soʻng, PASO Rio-de-Janeyro taklifini maʼqullaganini eʼlon qildi. Keyin Taklif qoʻmitasi Oʻyinlar uchun batafsil taklif faylini taqdim etdi. Hujjat Rio-de-Janeyro shahar hukumatining topshirigʻi bilan Getulio Vargas jamgʻarmasi (FGV) tomonidan tayyorlangan va ishlab chiqilgan. 2007-yilgi Panamerika oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun kurashda Rio-de-Janeyro Amerika Qoʻshma Shtatlarning San-Antonio shahri bilan raqobatlashdi; San-Antonio ilgari Xyuston, Mayami va Rolini magʻlub etib, Amerika nomzodiga aylangan edi.

PASO nizomi va qoidalariga koʻra, mezbon shahar 2002-yil 24-avgustda Meksikaning Meksiko shahrida boʻlib oʻtgan XL PASO Bosh assambleyasi davomida toʻgʻridan-toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan tanlandi. 42 ta aʼzo Milliy olimpiya qoʻmitalari (MOQ) vakillari ovozlarining koʻpchiligini olgan nomzod shahar musobaqaga mezbonlik qilish huquqini qoʻlga kiritardi. Eʼlon PASO prezidenti Mario Vázquez Raña tomonidan maʼlum qilindi. Rio-de-Janeyro San-Antoniodan 21 ovozga qarshi 30 ovoz oldi. Shahar va loyiha videolarini koʻrsatishni oʻz ichiga olgan professional strategiya bilan ajralib turgan Rio-de-Janeyro kampaniyasi ovoz beruvchilarning koʻpchiligini ishontirdi, jami 51 ta ovoz hisobga olindi. 39 kishilik Braziliya delegatsiyasi mamlakatning sport tadbirlarini tashkil etish boʻyicha yangi k’rsatmalarni qabul qilib oldi.

Mash’ala estafetasi 2007-yilgi Parapan Amerika mash’alalar estafetasi Parapan Amerika oʻyinlari tarixidagi birinchi alanga estafetasi boʻldi. Estadeta 2007-yil 11-avgustda boʻlib oʻtdi va atigi bir kun davom etdi. Marshrutning umumiy uzunligi 20 kilometrni tashkil etgan.

Oʻyinlar

Ishtirok etgan davlatlar Oʻyinlarda 25 ta davlat ishtirok etgan.

Medallar jadvali

Musobaqa taqvimi OMOchilish marosimi Musobaqalar Musobaqa finallariYMYopilish marosimi

Avgust12Yak13Du14Se15Chor16Pay17Ju18Sha19Yak MarosimlarOM YM Yengil atletika | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | 5 kishilik futbol | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | 7 kishilik futbol | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | Dzyudo

| style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | Powerlifting | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" |

| Suzish | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | Nogironlar aravachasida volleybol

| style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#ffcc00;" | Stol tennisi | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | Nogironlar aravachasida basketbol | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | Nogironlar aravachasida tennis | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#3399ff;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | style="background-color:#ffcc00;" | | | Avgust12Yak13Du14Se15Chor16Pay17Ju18Sha19Yak

Sport turlari

Yana qarang

2007-yilgi Panamerika oʻyinlari 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari

Manbalar

Havolalar

http://www.quadrodemedalhas.com/en/pan-american-games/pan-american-games-2007-rio-de-janeiro-parapan-american-games.htm 2007 Parapanamerika oʻyinlari rasmiy natijalari

Parapanamerika oʻyinlari Parapanamerika oʻyinlari Parapanamerika oʻyinlari Parapanamerika oʻyinlari Parapanamerika oʻyinlari, 2007 Turkum:Parapanamerika oʻyinlari Parapanamerika oʻyinlari Parapanamerika oʻyinlari, 2007