Tupou Neiufi (2001-yil 15-iyunda tugʻilgan) – yangi zelandiyalik para suzuvchi. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari va 2018-yilgi Commonwealth oʻyinlarida mamlakat sharafini himoya qilgan. 2019-yilda para suzish boʻyicha jahon chempionatida kumush medal, 2020-yilgi Tokio Yozgi Paralimpiadasida esa oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Yoshlik davri Neiufi 2001-yilda Māngere East shahrining Auckland hududida tugʻilgan. Oilada toʻngʻich farzand, otasining ismi Lose, onasining ismi Fineasi Neiufi. Ikki yoshida uni mashina urib ketgan va boshining oʻng tomoni shikastlangan. Miyasida lat yeyish, giperoniya va chap tarafli gemiplegiya tashxisi qoʻyilgan, natijada, miyasining chap tomoni oʻng tomoniga qaraganda kichikroq boʻlib, baʼzida axborotni sekinroq qayta ishlaydi. Tanasining chap tomoni ham oʻngiga nisbatan kichikroq va zaifroq. Ushbu baxtsiz hodisadan keyin unga qaytadan oʻtirish, yurish va qoʻllarini harakatlantirish oʻrgatilgan.
Yoshligida Neiufi netbol oʻynashni xohlagan, ammo oʻyinda boshqa oʻyinchilardan ortda qolgan. Neiufining sogʻligi bilan shugʻullanuvchi fizioterapevt unga suzishni tavsiya qilgan va u taxminan toʻqqiz yoshida suzishni boshlagan. Keyingi yildan esa musobaqalarda qatnashgan.
Neiufi Sutton Park boshlangʻich maktabida, soʻngra esa Otahuhu kollejida taʼlim olgan.
Suzish faoliyati 2011-yilda Yangi Zellandiya Paralimpiya Qoʻmitasi Neiufiga murabbiylik qilish uchun tanlab olgan, High Performance Sport New Zealand tashkiloti esa unga sport sohasi boʻyicha turli xizmatlar va musobaqalarga tayyorgalik jarayonlarini qoʻllab-quvvatlovchi dasturga kiritgan. 2016-yilda sportchi Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiada oʻyinlari uchun zaxiradagi sportchi sifatida roʻyxatga olingan, biroq avgust oyida uning hamyurti Bryall McPherson jarohat olgani sababli Neiufi asosiy tarkibga kiritilgan„Tupou Neiufi – Swimming | Paralympic Athlete Profile“. International Paralympic Committee. Retrieved 27 August 2021.. Neiufi musobaqada S9 toifasida ayollar oʻrtasida 100 metrga chalqancha usulda suzish bahslarida ishtirok etib, 7-oʻrinni egallagan.
2018-yilda Neiufi Avstraliyaning Gold Coast shahrida oʻtkazilgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida Yangi Zelandiya sharafini himoya qilgan va S9 toifasida 100 metrga chalqancha suzish bahslarida final bosqichida 6-oʻrinni egallagan.
2019-yilda Londonda boʻlib oʻtgan para suzish boʻyicha jahon chempionatida sportchi S8 toifasida 100 metrga chalqancha suzish yoʻnalishida kumush medalga sazovor boʻlgan. 2020-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida esa ayni shu yoʻnalishda Yangi Zelandiya uchun dastlabki oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Havolalar
Tupou Neiufi 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida (alternate link, alternate link 2)
Manbalar
Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar