2019-yilgi UEFA Superkubogi – UEFA tomonidan tashkil etiladigan va har yili Yevropaning ikki asosiy klublararo turniri (Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasi) gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladigan 44-Superkubok bahsi boʻldi.
Final uchrashuvi 2019-yil 14-avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Vodafone Park stadionida oʻtkazildi. Unda 2018–19-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi „Liverpool“ va 2018–19-yilgi UEFA Yevropa Ligasi gʻolibi „Chelsea“ jamoalari toʻqnash keldi. Bu bahs UEFA Superkubogi tarixida ilk bor ikki ingliz klubi oʻrtasida oʻtkazilgan final boʻldi. Umumiy hisobda esa bu bir davlat vakillari ishtirok etgan sakkizinchi Superkubok bahsi edi. Shuningdek, ilk bor musobaqada Video assistant referee (VAR) tizimi qoʻllanildi.
Uchrashuvning asosiy va qoʻshimcha vaqtlari 2:2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida „Liverpool“ 5:4 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida toʻrtinchi bor UEFA Superkubogiga ega chiqdi. Gʻolib jamoa sifatida merseysaydliklar 4 million funt sterling miqdorida mukofot puli bilan taqdirlandi.
Jamoalar JamoaSaralashAvvalgi ishtirok (qalin bilan koʻrsatilgan yillarda gʻolib boʻlgan) Liverpool2018–2019-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi5 (1977, 1978, 1984, 2001, 2005) Chelsea2018–2019-yilgi UEFA Yevropa Ligasi gʻolibi3 (1998, 2012, 2013)
Mezbon Bu uchrashuv Turkiyada oʻtkazilgan ilk UEFA Superkubogi bahsi va mamlakat hududida UEFA klublar miqyosidagi musobaqalarning esa uchinchi finali sifatida qayd etildi. Bungacha Turkiyada 2005-yilda Istanbuldagi Olimpiya stadionida UEFA Chempionlar Ligasi finali hamda 2009-yilda Istanbuldagi Şükrü Saracoğlu stadionida UEFA Kubogi finali oʻtkazilgan edi.
Stadion Turkiyaning „Beşiktaş“ klubi uy stadioni hisoblanadi. UEFA qoidalariga koʻra, musobaqaga aloqador boʻlmagan homiylarning nom huquqlariga oid cheklovlar sababli, stadion UEFA manbalarida „Beşiktaş Park“ nomi bilan tilga olingan.
Mezbon tanlash jarayoni Tarixda birinchi marta UEFA tomonidan 2016-yil 9-dekabrda klublar musobaqalari finallarining (UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Yevropa Ligasi, UEFA Ayollar Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi) oʻtkazilish joylarini tanlash uchun ochiq tender jarayoni eʼlon qilindi. Assotsiatsiyalar 2017-yil 27-yanvargacha oʻz qiziqishlarini bildirishlari lozim edi, tender hujjatlari esa 2017-yil 6-iyungacha topshirilishi kerak edi.
UEFA 2017-yil 3-fevral kuni toʻqqizta assotsiatsiya mezbonlik qilishga qiziqish bildirganini eʼlon qildi va 2017-yil 7-iyun kuni esa yettita assotsiatsiya 2019-yilgi UEFA Superkubogi uchun rasmiy ariza topshirganini tasdiqladi: +2019-yilgi UEFA Superkubogi uchun ariza topshirgan assotsiatsiyalar Davlat Stadion Shahar Sigʻim Izoh Arena Kombëtare Tirana 22,500 Stadium Municipal Toulouse 33,150 Sammy Ofer Stadium Haifa 30,870 Astana Arena Astana 30,244 2019-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar ligasi finaliga ham ariza topshirgan Windsor Park Belfast 18,434 Stadion Energa Gdańsk Gdańsk 41,160 Vodafone Park Istanbul 41,188 2019-yilgi UEFA Yevropa ligasi finaliga ham ariza topshirgan
Quyidagi assotsiatsiyalar mezbonlik qilishga qiziqish bildirgan, biroq yakunda ariza topshirmagan: Vengriya: Groupama Arena, Budapesht Shotlandiya: Hampden Park, Glazgo
Ariza baholash hisobotini UEFA 2017-yil 14-sentabrda eʼlon qildi. UEFA Ijroiya qoʻmitasi esa 2017-yil 20-sentabrda mezbon stadion sifatida Vodafone Parkni tanladi.
Oʻyin Qisqa sharh 36-daqiqada „Chelsea“ hisobni ochdi. Christian Pulisicning chap qanotdan uzatmasidan Olivier Giroud toʻpni chap oyogʻi bilan darvozaning oʻng burchagiga yoʻlladi. Oradan koʻp oʻtmay, Pulisicning ikkinchi goli VAR tekshiruvidan soʻng ofsayd sababli. 48-daqiqada Sadio Mané hisobni tenglashtirdi. U zaxiradan maydonga tushgan Roberto Firminoning darvozabon ustidan oshirib uzatgan toʻpini dastlabki urinishda darvozaga kiritolmadi, biroq yaqin masofadan bergan ikkinchi zarbasi golga aylandi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 1-1 hisobida yakunlangach qoʻshimcha boʻlimlarga oʻtdi va 95-daqiqada Sadio Mané oʻzining ikkinchi golini kiritdi. Senegallik futbolchi Roberto Firminoning chap qanotdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin toʻpni darvozaning yuqori oʻng burchagiga yoʻlladi.
Olti daqiqa oʻtib, „Chelsea“ foydasiga penalti belgilandi. Adrián jarima maydonida toʻpga chiqayotgan vaqtida Tammy Abrahamga nisbatan qoʻpollik ishlatgan deb topildi. Jorginho zarbani aniq amalga oshirib hisobni 2:2 koʻrinishiga keltirdi.
Uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar davom etdi. Hisob 5:4 boʻlib turganda, Tammy Abrahamning pastlatib yoʻllagan zarbasini Adrián oʻng oyogʻi bilan qaytardi va „Liverpool“ga gʻalabani taqdim etdi.
Tafsilotlar
GK 13 AdriánRB 12 Joe GomezCB 32 Joël MatipCB 4 Virgil van DijkLB 26 Andrew Robertson CM 7 James Milner CM 3 FabinhoCM 14 Jordan Henderson (c) RF 15 Alex Oxlade-Chamberlain CF 11 Mohamed SalahLF 10 Sadio Mané Zaxira:GK 22 Andy LonerganGK 62 Caoimhín KelleherDF 51 Ki-Jana HoeverDF 66 Trent Alexander-Arnold MF 5 Georginio Wijnaldum MF 20 Adam LallanaMF 23 Xherdan ShaqiriMF 67 Harvey ElliottFW 9 Roberto Firmino FW 24 Rhian BrewsterFW 27 Divock Origi Manager: Jürgen Klopp GK 1 Kepa ArrizabalagaRB 28 César Azpilicueta (c) CB 15 Kurt ZoumaCB 4 Andreas Christensen LB 33 Emerson PalmieriDM 5 JorginhoCM 7 N'Golo KantéCM 17 Mateo Kovačić RF 22 Christian Pulisic CF 18 Olivier Giroud LF 11 PedroZaxira:GK 13 Willy CaballeroDF 2 Antonio RüdigerDF 3 Marcos AlonsoDF 21 Davide ZappacostaDF 29 Fikayo Tomori MF 8 Ross Barkley MF 19 Mason Mount MF 47 Billy GilmourFW 9 Tammy Abraham FW 10 WillianFW 16 KenedyFW 23 Michy BatshuayiMurabbiy: Frank Lampard
Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi: Sadio Mané (Liverpool)
Qanot hakamlari: Manuela Nicolosi (France) Michelle OʻNeill (Republic of Ireland) Toʻrtinchi hakam: Cüneyt Çakır (Turkiya) Video assistant referee: Clément Turpin (Fransiya) Yordamchi VAR hakami: François Letexier (Fransiya) Massimiliano Irrati (Italiya) Ofsaydlar boʻyicha VAR hakami: Mark Borsch (Germaniya)Oʻyin qoidalari 90 daqiqa Zarur boʻlsa, 30 daqiqa qoʻshimcha vaqt Hisob teng boʻlib qolsa, penaltilar seriyasi Oʻn ikki nafar zaxira futbolchi qayd etiladi Maksimal uchta almashtirishga ruxsat etiladi, qoʻshimcha vaqtda esa toʻrtinchisi ham amalga oshirilishi mumkin
Statistika
+Birinchi boʻlimKoʻrsatkichLiverpoolChelseaKiritilgan gollar01Umumiy zarbalar97Darvozaga aniq zarbalar42Seyvlar14Toʻp nazorati51%49%Burchak zarbalari42Qoidabuzarliklar14Ofsaydlar13Sariq kartochkalar00Qizil kartochkalar00
+Ikkinchi boʻlimKoʻrsatkichLiverpoolChelseaKiritilgan gollar10Umumiy zarbalar96Darvozaga aniq zarbalar50Seyvlar04Toʻp nazorati53%47%Burchak zarbalari34Qoidabuzarliklar45Ofsaydlar16Sariq kartochkalar11Qizil kartochkalar00
+Qoʻshimcha vaqtKoʻrsatkichLiverpoolChelseaKiritilgan gollar11Umumiy zarbalar27Darvozaga aniq zarbalar24Seyvlar31Toʻp nazorati51%49%Burchak zarbalari11Qoidabuzarliklar53Ofsaydlar02Sariq kartochkalar10Qizil kartochkalar00
+UmumiyKoʻrsatkichLiverpoolChelseaKiritilgan gollar22Umumiy zarbalar2020Darvozaga aniq zarbalar116Seyvlar49Toʻp nazorati52%48%Burchak zarbalari87Qoidabuzarliklar1012Ofsaydlar211Sariq kartochkalar21Qizil kartochkalar00
Manbalar
Turkum:Chelsea F.C. oʻyinlari Turkum:Liverpool F.C. oʻyinlari Turkum:UEFA Superkubogi Turkum:2019-yilda futbol