1992/93-yilgi UEFA Chempionlar ligasi, dastlab 1992/93-yilgi Yevropa Kubogi nomi bilan tanilgan, Yevropa klublarining eng nufuzli futbol musobaqasi hisoblangan Yevropa Kubogining 38-mavsumidir. UEFA Chempionlar ligasi brendi ostidagi ilk mavsum bo‘lgan. Ushbu nom guruh bosqichidangina qo‘llanilganAn additional play-off match for the first round was held on 9 October 1992..

Ikkinchi bosqichdan chiqqan sakkiz jamoa ikki guruhga ajratildi, guruh g‘oliblari esa finalda uchrashdi. Bu esa ushbu format qo‘llanilgan ikkinchi mavsum edi. Bundan tashqari, dastlabki saralash bosqich ham o‘tkazildi, chunki bu Sovet Ittifoqi va Yugoslaviya parchalanganidan keyingi birinchi mavsum edi. Natijada ko‘plab yangi davlatlar o‘z milliy ligalari chempionlarini musobaqaga qo‘shish huquqiga ega bo‘ldi. Isroil va Farer orollari ham ilk bor musobaqada ishtirok etdi.

Finalda Milan ustidan g‘alaba qozongan Marseille musobaqada ilk marta g‘olib bo‘ldi va Yevropa kubogi/Chempionlar ligasida zafar quchgan ilk fransuz klubi sifatida tarixga kirdi.

Biroq, Marseille g‘alabasidan ko‘p o‘tmay, ular va prezidentlari Bernard Tapie ustidan oldindan kelishuv ayblovlari ilgari surildi. Bu voqea finaldan 6 kun oldin boʻlib oʻtgan liga uchrashuviga taalluqli edi. Ma’lum boʻlishicha, Marseille Milanga qarshi finalga diqqatni to‘liq qaratishi uchun Division 1 dagi chempionlikni hal qiluvchi Valenciennesga qarshi oʻyinni oldindan kelishib olgan edi. Taxminlarga ko‘ra, Tapie, Valenciennes jamoasini pora evaziga yutqazishga majbur qilgan, bu esa Marseillega Fransiya chempionatida muddatidan oldin g‘olib bo‘lish imkonini bergan, eng asosiysi esa final oldidan Marseille futbolchilari jarohatlanib qolmasligi uchun shunday qilingan. 1991-yilgi Yevropa Kubogi finalida Red Star Belgradega qarshi o‘yindan avval Marseille tarkibida bir nechta jarohat olgan futbolchilar bor edi, Tapie esa bu xatoni takrorlashni istamadi. Natijada, Fransiya futbol federatsiyasi Marseillening liga chempionligi unvonini tortib oldi (ammo Yevropa Kubogini emas, chunki gap ketayotgan uchrashuv o‘sha musobaqaga taalluqli emas edi). Klub 1993/94-yilgi mavsumda Yevropa chempionligini himoya qilishdan, shuningdek, Qit’alararo kubok va Superkubokda ishtirok etishdan chetlashtirildi. 1995-yilda Marseillening moliyaviy hisoblari bo‘yicha sud jarayoni vaqtida klub 1989-yildan 1993-yilgacha har yili o‘yinlarni sotib olish uchun 5 million fransuz franki (taxminan €760,000) ajratgani ochiqlandi. UEFA, Fransiya futbol federatsiyasi va Fransiya rasmiylari 1992/93-yilgi mavsumdagi bir nechta Marseille o‘yinlarini tekshirib chiqdilar. Ushbu tekshiruvlar Yevropa Chempionlar ligasidagi kelishuvlar bo‘yicha hech qanday rasmiy dalilni tasdiqlamadi. Shu sababli Marseillening 1993-yilgi Yevropa chempioni maqomiga ta’sir ko‘rsatmadi.

Amaldagi chempion Barcelona ikkinchi bosqichda Moskvaning CSKA jamoasi tomonidan musobaqadan chiqarib yuborildi.

Jamoalar Jami 36 ta milliy chempion 1992/93-yilgi UEFA Chempionlar ligasi mavsumida ishtirok etdi. 1992-yilgi klub reyting koeffitsientlariga koʻra eng past oʻrinlarni egallagan 8 ta chempion dastlabki saralash bosqichidan turnirni boshlagan boʻlsa, eng yuqori oʻrinlarni egallagan 28 ta chempion birinchi bosqichdan musobaqaga qoʻshildi.

Taqsimot BosqichUshbu bosqichda qatnashgan jamoalarAvvalgi bosqichdan oʻtgan jamoalarDastlabki bosqich(8 ta jamoa) federatsiyalar reytingida 29–36-o‘rindagi 8 mamlakat chempionlariBirinchi bosqich(32 ta jamoa) federatsiyalar reytingida 1–28-o‘rindagi 28 mamlakat chempionlari (amaldagi chempion ham) dastlabki bosqichning 8 ta g‘olibiIkkinchi bosqich(16 ta jamoa) birinchi bosqichning 16 ta g‘olibiGuruh bosqichi(8 ta jamoa) ikkinchi bosqichning 8 ta g‘olibiFinal(2 ta jamoa) guruh bosqichidagi har bir guruh g‘olibi (2 ta) Amaldagi chempionlar (Barcelona) oʻz ichki ligasi orqali yoʻllanma olganligi sababli, chempionlik egasiga ajratilgan oʻrin boʻsh qoldi va natijada odatiy kirish roʻyxatiga quyidagi oʻzgarishlar kiritildi:

27- va 28-oʻrinlarda boʻlgan chempionlar (APOEL va Union Luxembourg) ishtirokini saralash bosqichidan emas, birinchi bosqichga boshlaadi.

Reyting

Jamoalar 1992-yilgi UEFA koeffitsientlari reytingiga ko‘ra tartiblandi. Bu koeffitsient 1987/88-yilgi mavsumdan 1991/92-yilgi mavsumlargacha boʻlgan Yevropa musobaqalaridagi natijalarni hisobga olgan. Har bir klub va milliy assotsiatsiyaning koeffitsienti hisoblab chiqilgan (umumiy ochkolar umumiy oʻyinlarga boʻlingan holda). Klubning yakuniy koeffitsienti esa ushbu ikkala qiymatni qoʻshish orqali aniqlangan. Aynan shu reyting jamoaning qaysi bosqichdan turnirga kirishini belgilab bergan. +1992/93-yilgi UEFA Chempionlar ligasi uchun saralangan jamoalar (reyting boʻyicha)AssotsiatsiyaJamoaBirinchi bosqich3Barcelona ACh2.9741Marseille3.1162Milan3.0524VfB Stuttgart2.7105Club Brugge2.5946Porto2.4767PSV Eindhoven2.4128Lech Poznań2.3399Dinamo București2.32310Rangers2.28711CSKA Moskva2.11612IFK Göteborg2.08013Austria Wien2.02914Sion1.99315AEK Athens1.97416Slovan Bratislava1.77717CSKA Sofia1.68718Ferencváros1.61819Lyngby1.43120Beşiktaş1.37521Leeds United1.37122Kuusysi1.16023Glentoran0.83324Žalgiris0.66625Víkingur Reykjavík0.46826Viking0.43327APOEL0.35228Union Luxembourg0.291Dastlabki bosqich29Shelbourne0.26930Valletta0.20031KÍ0.000Maccabi Tel Aviv0.000Norma Tallinn0.000Olimpija Ljubljana0.000Skonto0.000Tavriya Simferopol0.000 +Jamoasi ishtirok etmagan assotsiatsiyalar Izohlar

Bosqichlar va qur’a sanalari Musobaqa uchun barcha qur’alar Shveytsariyaning Jeneva shahrida o‘tkazildi. +1992/93-yilgi UEFA Chempionlar ligasi taqvimiBosqichQur’a sanasiBirinchi o‘yinIkkinchi o‘yinDastlabki bosqich1992-yil 15-iyul1992-yil 19-avgust1992-yil 2-sentabrBirinchi bosqich1992-yil 16-sentabr1992-yil 30-sentabrIkkinchi bosqich1992-yil 2-oktabr1992-yil 21-oktabr1992-yil 4-noyabrGuruh bosqichi1-tur1992-yil 6-noyabr1992-yil 25-noyabr2-tur1992-yil 9-dekabr3-tur1993-yil 3-mart4-tur1993-yil 17-mart5-tur1993-yil 7-aprel6-tur1993-yil 21-aprelFinal1993-yil 26-may

Dastlabki bosqich

Birinchi bosqich

Ikkinchi bosqich

Guruh bosqichi

Guruh bosqichi 1992-yil 25-noyabrda boshlanib, 1993-yil 21-aprelda yakunlandi. Sakkizta jamoa ikki guruhga boʻlindi, har bir guruhda toʻrttadan jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa guruhdagi boshqa jamoalarga qarshi uy va safarda oʻyin oʻtkazdi, yaʼni jami olti oʻyin oʻynaldi. Har bir gʻalaba uchun ikki ochko, durang uchun esa bitta ochko berildi. Guruh bosqichi yakunida har bir guruhda birinchi oʻrinni olgan jamoalar finalga chiqdi.

A guruhi

B guruhi

Final

Final 1993-yil 26-may kuni Germaniyaning Myunxen shahridagi Olympiastadionda oʻtkazildi.

To‘purarlar 1992/93-yilgi UEFA Chempionlar Ligasining eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati quyidagicha (dastlabki saralash bosqichi qo‘shilmagan): O‘rinFutbolchiJamoaGollar1 Romário PSV Eindhoven72 Marco van Basten Milan6 Franck Sauzée Marseille6 Alen Bokšić Marseille65 Johnny Ekström IFK Göteborg56 Marco Simone Milan4 Gert Verheyen Club Brugge4 Zé Carlos Porto4 Emil Kostadinov Porto4 Túlio Sion4

Manbalar

Havolalar

1992/93-yilgi mavsumning barcha bahslari – UEFA vebsaytida Yevropa kubogidagi natijalar — Rec.Sport.Soccer Statistics Foundationda 1992/93-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi – natijalar va tarkiblar (arxiv)

* 1992/93