Arsenal F. C.–Chelsea F. C. raqobati – London shahrida joylashgan professional futbol klublari „Arsenal“ va „Chelsea“ oʻrtasidagi raqobatdir. „Arsenal“ oʻz uy oʻyinlarini Emirates Stadiumda, „Chelsea“ esa oʻz uy oʻyinlarini Stamford Bridge stadionida oʻtkazadi.

Umumiy hisobda, raqobat tarixida koʻproq gʻalaba qozongan jamoa „Arsenal“ boʻlib, ular hisobida jami 84 ta gʻoliblik bor. „Chelsea“ esa 66 marta gʻalaba qozongan boʻlsa, 61 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan (2025-yil 16-mart holatiga). „Arsenal“ning eng yirik gʻalabasi 2024-yil 23-aprelda Emirates Stadiumda oʻtkazilgan Premyer-liga uchrashuvida 5–0 hisobida qayd etilgan. „Chelsea“ning eng yirik gʻalabasi esa 2014-yil 22-mart kuni Stamford Bridgeda oʻtkazilgan liga bahsidada 6–0 hisobida qayd etilgan. Bu derbida eng koʻp gol urgan futbolchi – Didier Drogba. Futbolchi barcha musobaqalarda jami 13 ta gol kiritgan.

Ikki klub beshta yirik finalda toʻqnash kelgan: 2002-yilgi Angliya kubogi finalida „Arsenal“ 2–0 hisobida gʻolib chiqqan, 2007-yilgi Angliya liga kubogi finalida „Chelsea“ 2–1 hisobida gʻalaba qozongan, 2017-yilgi Angliya kubogi finalida „Arsenal“ 2–1 hisobida gʻolib boʻlgan, 2019-yilgi UEFA Yevropa ligasi finalida „Chelsea“ 4–1 hisobida zafar quchgan va 2020-yilgi Angliya kubogi finalida „Arsenal“ 2–1 hisobida gʻalaba qozongan.

Kelib chiqishi Har ikkala jamoa bir-birini asosiy raqib deb hisoblamagan boʻlsa-da, Londonning eng yirik va eng muvaffaqiyatli klublaridan boʻlgani sababli ular muxlislari orasida 1930-yillardan buyon kuchli raqobat mavjud. Ular oʻrtasidagi oʻyinlar koʻpincha katta hajimdagi tomoshabinlarni jalb qilgan.

„Arsenal“ va „Chelsea“ oʻrtasidagi raqobat keyingi yillarda muhim derbi sifatida qarala boshladi, xususan 2000-yillarda „Chelsea“ yangi egalari yetakchiligida Premyer-liganing eng yuqori darajalaridan biriga koʻtarilgach, ikki klub chempionlik uchun muntazam raqobat qila boshladi.

2003-yil dekabrida internetda muxlislar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, „Arsenal“ muxlislari „Chelsea“ni „Manchester United“ va „Tottenham Hotspur“dan keyin oʻzlarining uchinchi raqibi sifatida koʻrsatishgan.

Soʻrovnomada ishtirok etgan „Chelsea“ muxlislari ularning anʼanaviy raqiblari sifatida tarixan „Tottenham Hotspur“ va „Fulham“ qaralsada „Arsenal“ni oʻzlarining asosiy raqibi deb eʼtirof etishgan.

2008-yilda Football Fans Census tomonidan oʻtkazilgan soʻrovda „Arsenal“ muxlislari oʻzlarining anʼanaviy raqibi boʻlgan „Tottenham“dan ham oldin, eng yoqtirmaydigan klub sifatida „Chelsea“ni koʻrsatishgan. „Chelsea“ muxlislari esa „Arsenal“ni „Liverpool“dan keyingi ikkinchi eng yoqtirmaydigan klub deb atashgan. 2014-yilda Bleacher Report maqolasida ham „Arsenal“, „Chelsea“ning ikkinchi eng nafratlangan raqibi sifatida qayd etilgan.

Ikkala jamoa sharafini himoya qilgan futbolchi va murabbiylar Maydonda raqib boʻlishlariga qaramay, „Arsenal“ va „Chelsea“ maydondan tashqarida amaliy ishbilarmonlik aloqalarini saqlab kelgan, bunga futbolchilar transferlarining tez-tez sodir boʻlishi, jumladan ikki klub oʻrtasidagi bevosita almashinuvlar misol boʻla oladi. Aksincha, „Tottenham Hotspur“ bilan boʻlgan ikkala jamoada ham bitimlar kam uchraydi, chunki ikkala klub ham ular bilan yirik transferlar qilishdan odatda qochib kelgan. 2025–2026-yilgi mavsum holatiga koʻra, Premyer-liga davridan beri „Arsenal“ va „Chelsea“ oʻrtasida kamida 13 ta bevosita transfer amalga oshirilgan boʻlib, bu ularning Angliyadagi boshqa klublar raqobatlaridan farqli ravishda tranzaksion ochiqligini koʻrsatadi.

Quyida ikkala klubda ham futbolchi sifatida oʻynagan yoki murabbiylik qilgan shaxslar roʻyxati keltirilgan:

Avval Arsenal, keyin Chelsea safida

Sandy MacFarlane Jimmy Sharp Leslie Knighton Bob Turnbull Ted Drake Tommy Docherty Allan Young Tommy Baldwin Graham Rix Clive Allen Peter Nicholas David Rocastle Emmanuel Petit Nicolas Anelka Ashley Cole Cesc Fàbregas Olivier Giroud Pierre-Emerick Aubameyang

Avval Chelsea, keyin Arsenal safida

Tommy Lawton Bill Dickson John Hollins George Graham Stewart Houston Alan Hudson Colin Pates William Gallas Lassana Diarra Yossi Benayoun Petr Čech David Luiz Willian Jorginho Kai Havertz Raheem Sterling Kepa Arrizabalaga Noni Madueke

Sovrinlar

Bu fon bilan koʻrsatilgan raqamlar musobaqa rekordini bildiradi ArsenalMusobaqaChelseaMahalliy 13 First Division / Premyer-liga 6 14 Angliya kubogi 8 2 Angliya Liga kubogi 5 17 FA Community Shield (Angliya Superkubogi) 4 46 Mahalliy Umumiy 23Xalqaro – UEFA Chempionlar ligasi 2 1 UEFA kubok egalari kubogi (sobiq) 2 – UEFA Yevropa ligasi 2 – UEFA Konferensiyalar ligasi 1 – UEFA Superkubogi 2 1 Inter-Cities Fairs Cup (sobiq) — – FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati 2 2 Xalqaro umumiy 11 48 Jami 34

Oʻzaro oʻyinlar statistikasi

Klub Liga Arsenal 176 70 52 54 Chelsea 176 54 52 70 Angliya kubogi Arsenal 21 10 6 5 Chelsea 21 5 6 10 Angliya liga kubogi Arsenal 8 3 1 4 Chelsea 8 4 1 3 UEFA Chempionlar ligasi Arsenal 2 0 1 1 Chelsea 2 1 1 0 UEFA Yevropa ligasi Arsenal 1 0 0 1 Chelsea 1 1 0 0 FA Community Shield Arsenal 3 1 1 1 Chelsea 3 1 1 1 Umumiy Arsenal 211 84 61 66 Chelsea 211 66 61 84

Natijalar Premyer-liga (1992–yildan hozirgacha)

+"Arsenal" maydonidaSanaHisob1992-yil 3-oktyabr2–11994-yil 16-aprel1–01994-yil 15-oktyabr3–11995-yil 16-dekabr1–11996-yil 4-sentyabr3–31998-yil 8-fevral2–01999-yil 31-yanvar1–02000-yil 6-may2–12001-yil 13-yanvar1–12001-yil 26-dekabr2–12003-yil 1-yanvar3–22003-yil 18-oktyabr2–12004-yil 12-dekabr2–22005-yil 18-dekabr0–22007-yil 6-may1–12007-yil 16-dekabr1–02009-yil 10-may1–42009-yil 29-noyabr0–32010-yil 27-dekabr3–12012-yil 21-aprel0–02012-yil 29-sentyabr1–22013-yil 23-dekabr0–02015-yil 26-aprel0–02016-yil 24-yanvar0–12016-yil 24-sentyabr3–02018-yil 3-yanvar2–22019-yil 19-yanvar2–02019-yil 29-dekabr1–22020-yil 26-dekabr3–12021-yil 22-avgust0–22023-yil 2-may3–12024-yil 23-aprel5–02025-yil 16-mart1–02026-yil 28-fevral

+"Chelsea" maydonidaSanaHisob1993-yil 1-mart1–01993-yil 20-noyabr0–21995-yil 14-may2–11995-yil 30-sentabr1–01997-yil 5-aprel0–31997-yil 21-sentabr2–31998-yil 9-sentabr0–01999-yil 23-oktabr2–32000-yil 6-sentabr2–22001-yil 8-sentabr1–12002-yil 1-sentabr1–12004-yil 21-fevral1–22005-yil 20-aprel0–02005-yil 21-avgust1–02006-yil 10-dekabr1–12008-yil 23-mart2–12008-yil 30-noyabr1–22010-yil 7-fevral2–02010-yil 3-oktabr2–02011-yil 29-oktabr3–52013-yil 20-yanvar2–12014-yil 22-mart6–02014-yil 5-oktabr2–02015-yil 19-sentabr2–02017-yil 4-fevral3–12017-yil 17-sentabr0–02018-yil 18-avgust3–22020-yil 21-yanvar2–22021-yil 12-may0–12022-yil 20-aprel2–42022-yil 6-noyabr0–12023-yil 21-oktabr2–22024-yil 10-noyabr1–12025-yil 29-noyabr

Umumiy

Arsenal gʻalabasi 27 Durrang 19 Chelsea gʻalabasi 20 Arsenal gollari 94 Chelsea gollari 86Umumiy oʻyinlar 66

+Uch uchrashuvlaridagi natijalarTeamArsenal17975236Chelsea1310105042

Eng yuqori muxlislar tashrifi Arsenal 2–1 Chelsea: 89,472 (2017-yil 27-may), Uembli (neytral) Arsenal 1–2 Chelsea: 88,103 (2009-yil 18-aprel), Uembli (neytral) Arsenal 1–0 Chelsea: 85,437 (2015-yil 2-avgust), Uembli (neytral) Arsenal 1–1 Chelsea: 83,325 (2017-yil 6-avgust), Uembli (neytral) Chelsea 1–1 Arsenal: 82,905 (1935-yil 12-oktyabr), Stamford Bridge (Chelsea maydoni) Arsenal 2–0 Chelsea: 73,963 (2002-yil 4-may), Millennium Stadium (neytral) Arsenal 1–2 Chelsea: 70,073 (2007-yil 25-fevral), Millennium Stadium (neytral) Arsenal 1–1 Chelsea: 68,084 (1952-yil 5-aprel), White Hart Lane (Tottenham Hotspur maydoni) Chelsea 2–1 Woolwich Arsenal: 65,000 (1907-yil 19-noyabr), Stamford Bridge (Chelsea maydoni) Arsenal 2–1 Chelsea: 62,746 (1973-yil 20-mart), Highbury (Arsenal maydoni)

Manbalar

Turkum:Futbol derbilari Turkum:Chelsea F.C. oʻyinlari Turkum:Arsenal F.C. oʻyinlari Turkum:London derbilari