Nadejda Vitalyevna Kevorkova (; 1958-yil 25-oktyabr, Moskva) – rossiyalik jurnalist va yozuvchi.

Hayoti Nadejda Kevorkova 1958-yil 25-oktyabrda Moskvada tugʻilgan. Moskva davlat universitetining tarix fakultetida tahsil olgan. Oʻz xotiralariga koʻra, u jurnalistika sohasiga 1988-yilda bilan tanishganidan soʻng kirib kelgan. Ular birgalikda dastlab „“ almanaxini, keyinchalik esa „“ gazetasini nashr etishni boshlagan. 1992-yildan boshlab Kevorkova „“ pravoslav gimnaziyasida faoliyat yuritgan.

1997–2002-yillarda „“ nashrining doimiy sharhlovchisi boʻlganНадежда Кеворкова: Церковь не нуждается в журналистике! // Православие и мир, 02.10.2010. 1998-yilda „“ning AQSHdagi maxsus muxbiri sifatida faoliyat yuritgan. Livan, Afgʻoniston, Pokiston, Eron, Iroq, Turkiya, Sudan, Suriya, Gʻazo va Shimoliy Kavkazda reportyor boʻlib ishlagan.

Russia Today sharhlovchisi, „“, „“, „“, „“, „“ va boshqa ommaviy axborot vositalaridagi maqolalar muallifi hisoblanadi. Zamonaviy dunyoda pravoslavlik va din mavzusida koʻplab maqolalar yozgan. Bundan tashqari, Kevorkova „“ uchun bir qator maqolalar tayyorlaganMasalan, „“ maqolasi..

„“ hujjatli serialining muallifi va boshlovchisi.

2010-yilda u International Women of Courage Award mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan.

2024-yil may oyida u terrorizmni oqlashda ayblanib qamoqqa olingan (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.2-moddasi 2-qismi). Jinoyat tarkibi uning shaxsiy telegram kanalidagi 2018-yildagi xabarida hamkasbi va doʻsti ning (Markaziy Afrika Respublikasida oʻldirilgan) matnidan keltirgan iqtibosida, shuningdek, 2021-yilda „Tolibon“ bilan bogʻliq boshqa xabarida koʻrilganJurnalistku Kevorkovu arestovali po delu ob opravdanii terrorizma // РБК, 07.05.2024.

2025-yil 12-martda Moskvaning Ikkinchi Gʻarbiy okrug harbiy sudi Nadejda Kevorkovani „terrorizmni oqlash“ ishi boʻyicha 600 ming rubl miqdorida jarimaga hukm qildi. Dastlab, hukmda 700 ming rubl jarima miqdori koʻrsatilgan edi, biroq jurnalistning tergov hibsxonasida oʻtkazgan vaqtini inobatga olib, u 600 ming rublgacha kamaytirildi. Ayblov tomoni unga 500 ming rubl jarima va besh yil davomida internetda yozishni taqiqlash bilan birga 6 yillik koloniyada jazolashni talab qilgan edi. Kevorkovaning oʻzi aybini tan olmadi. U sud zalida qamoqdan ozod etildi.

Shaxsiya hayoti va oilasi Oʻgʻli – jurnalist . Uning otasi . Nabirasi bor. 2022-yil fevralgacha „“ telekanalida ishlagan, kanal yopilgandan soʻng esa „“ YouTube kanalida faoliyatini davom ettirgan.

Sobiq turmush oʻrtogʻi – 1966-yilda tugʻilgan jurnalist va siyosatchi Maksim Shevchenko.

Asarlari

Manbalar