Dilmurod Islomov (1954-yil, Toshkent – 2025-yil 8-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek doira ijrochisi, „Zarb koʻrik-tanlovi“ning va „Doirachilar festivali“ning asoschi, „Oʻzbekiston doirachilari“ jamoat birlashmasi raisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1989).
Biografiyasi Dilmurod Islomov 1954-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1968-yildan boshlab „Shodlik“ ansamblida faoliyat yuritgan. Ansamblda 37 yildan ortiq ishlagan davrida 100 dan ortiq mamlakatlarda konsertlar berib, Oʻzbekiston madaniyatini targʻib qilgan. 2014-yildan buyon Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida „Cholgʻu ijrochiligi“ kafedrasi katta oʻqituvchisi boʻlib faoliyat yuritgan.
Dilmurod Islomov 2025-yil 8-avgust kuni 71 yoshda vafot etgan.
Mukofot va unvonlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1989)
Manbalar
Turkum:1954-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:2025-yilda vafot etganlar Turkum:8-avgustda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar