Dailymotion – Vivendi kompaniyasiga tegishli fransuz onlayn videohosting platformasi. Dailymotion Alexa Internet maʼlumotlari 2017-yil holatiga koʻra dunyodagi eng koʻp tashrif buyurilgan veb-saytlar roʻyxatida 114-oʻrinni egallaydi. Saytga tashrif buyuruvchilarning katta qismi Yaponiya va AQSH hissasiga toʻgʻri keladi. Dailymotion HD (720p) oʻlchamni qoʻllab quvvatlaydigan ilk saytlardan biridir.

Tarix Benjamin Bejbaum va Olivier Poitrey 2005-yil mart oyida Poitrening Parijdagi kvartirasida Dailymotion veb-saytini ochishgan. Ushbu saytni ishga tushirish uchun 6 kishi 6000 yevro miqdorida sarmoya kiritadi.

Dailymotion 2006-yil sentyabr oyida Atlas Ventures va Partech International bilan hamkorlikda 7 million yevro mablagʻ toʻplashgan va bu 2006-yilda fransuz Web 2.0 da toʻplangan eng koʻp mablagʻ hisoblangan. Dailymotion 2008-yil fevralidan beri 720p yuqori aniqlikdagi video formatini qoʻllab-quvvatlaydi va bu uni eng birinchi HD video platformalaridan biriga aylantiradi. 2009-yil oktyabr oyida Fransiya hukumati Dailymotion kompaniyasiga Strategik investitsiya fondi orqali sarmoya kiritgan. 2011-yilning 25-yanvarida Orange Dailymotionʼning 49% ulushini 62 million yevroga sotib olgan va kompaniyani 120 million yevroga baholagan.

Manbalar

Havolalar