1908-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari (rasman IV Olimpiada oʻyinlari, shuningdek London 1908 nomi bilan ham tanilgan) – 1908-yil 27-apreldan 31-oktabrgacha Angliyaning London shahrida oʻtkazilgan xalqaro sport turlari musobaqasi. Dastlab 1908-yilgi oʻyinlar Rimda oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq 1906-yil 6-aprelda Vezuviy vulqonining kuchli otilishi natijasida yuzaga kelgan moliyaviy sabablar tufayli oʻyinlarni Londonga koʻchirish eʼlon qilindi. Mazkur otilish oqibatida 100 dan ortiq inson halok boʻlgan edi. Rim keyinchalik 1960-yilda Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qildi .

Bu oʻyinlar, taklif qilingan navbatdan tashqari olimpiada (oraliq oʻyinlar)ning toʻrt yillik almashuvchi sikliga qarshi, hozirgi kunda qabul qilingan toʻrt yillik siklga muvofiq ravishda oʻtkazilgan zamonaviy Yozgi Olimpiada oʻyinlarining toʻrtinchisi boʻldi. Ushbu oʻyinlarda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Baron Pierre de Coubertin boʻlgan.

Umumiy hisobda 187 kun (olti oy va toʻrt kun) davom etgan bu oʻyinlar zamonaviy olimpiada oʻyinlari tarixidagi eng uzoq davom etgan musobaqalar boʻldi.

Tarixi 1908-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun toʻrtta shahar nomzod boʻlgan: Rim, London, Berlin va Milan. Tanlov 1904-yilda Londonda boʻlib oʻtgan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining (IOC) 6-sessiyasida oʻtkazilib, Rim shahri gʻolib deb topilgan edi.

Italiya hukumati oʻyinlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrayotgan paytda, 1906-yil 7-aprelda Vezuviy vulqonining otilishi Neapol shahrini vayron qildi. Mablagʻlar Neapolni qayta tiklashga yoʻnaltirilgani sababli yangi mezbon davlat tanlanishi zarur boʻldi. Natijada, London ilk bor olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun tanlandi. Oʻyinlar White City stadionida, oʻsha paytdagi muhimroq tadbir boʻlgan Fransiya-Britaniya koʻrgazmasi bilan birga oʻtkazildi.

Oʻyinlar uchun qisqa muddatda qurilgan White City stadioni 68 000 tomoshabinni sigʻdira olgan va barcha tadbirlar gavjum tomoshabinlar ishtirokida boʻlib oʻtgan. Stadion trekining uzunligi 1 mil uchun 3 aylana (har bir aylana 536,448 metr) boʻlgan, chunki hozirgi 400 metrlik standart 1962-yilgacha mavjud emas edi. Stadionning markaziy maydonida basseyn (suzish va suvga sakrash musobaqalari uchun) hamda platformalar (kurash va gimnastika musobaqalari uchun) joylashtirilgan edi.

Marafon masofasining boshlanish nuqtasidan stadiondagi marragacha boʻlgan masofa aynan oʻyinlar vaqtida belgilandi: dastlabki 25 mil masofa 26 milga uzaytirildi, shunda marafon Windsor qalʼasidan boshlanishi kerak edi. Keyin esa malika Mary iltimosiga koʻra, start Royal Nurserydan boshlanishi uchun oʻzgartirildi. Britaniya rasmiylari poyga qirol qarshisida yakunlanishini taʼminlash maqsadida marrani ham oʻzgartirdilar. Bu oʻzgarishlar natijasida marafonning uzunligi 26 mil 385 yard (42,195 km) boʻldi va 1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan boshlab ushbu masofa marafonning standart uzunligi sifatida qabul qilindiRhonda Jolly (3 June 2008). . Department of Parliamentary Services. p. 9..

Sport turlari Jami 22 ta sport turi doirasida 25 yoʻnalish boʻyicha 110 ta musobaqa oʻtkazilgan. Dasturga golf turniri ham kiritilgan edi, biroq oʻyinlar boshlanishiga bir necha kun qolganda bekor qilindi. Suzish, suvga sakrash va suv polosi oʻsha davrda bitta sport turi – suv sportining uchta yoʻnalishi boʻlgan. Arqon tortish sporti atletika tarkibida boʻlgan. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi hozirda arqon tortishni alohida sport turi sifatida tasniflaydi. Velosport boʻyicha yetti musobaqadan birida (sprint) medallar berilmadi. Yelkanli sport dasturida jami besh yoʻnalish boʻyicha start berilishi rejalashtirilgan boʻlsa-da, amalda faqat toʻrtta yoʻnalishda musobaqalar oʻtkazildiOlympic Sports of the Past. Olympic.org. Retrieved on 9 July 2012.. Har bir yoʻnalishdagi musobaqalar soni qavs ichida koʻrsatilgan.

Musobaqa boʻlib oʻtgan joylar

1908-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun jami 13 ta sport inshooti foydalanilgan. Qishki sport turlari ilk bor Knightsbridge hududidagi Princeʼs Skating Club maydonida oʻtkazilgan. White City stadioni zamonaviy stadionlarning ilk namunasi sifatida xizmat qilgan. Figurali uchish musobaqalari keyingi olimpiada (Stokgolm, 1912) dasturiga kiritilmagan, biroq 1920-yil Antverpendagi oʻyinlarda qayta tiklanib, 1924-yilda Chamonixda boʻlib oʻtgan birinchi Qishki Olimpiada oʻyinlari boshlanishiga yoʻl ochgan.

White City stadioni 1934-yilgi Britaniya imperiyasi oʻyinlarining (1978-yildan beri Commonwealth Games deb ataladi) asosiy maydoniga aylangan va 1985-yilda buzib tashlanishidan avval futbol boʻyicha 1966-yilgi jahon chempionati oʻyinlariga ham mezbonlik qilgan. Butun Angliya maysazor tennis va kroket klubi esa hozirgacha Wimbledon tennis turnirilarini oʻtkazib kelmoqda. Ushbu inshoot 1908-yilgi oʻyinlardan qolgan inshootlar orasida 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun foydalanilgan yagona maydon boʻlib qolmoqda.

Bisley va Henleydan esa 40 yil oʻtib, 1948-yilda London yana olimpiadaga mezbonlik qilganida, sport maydonlari sifatida foydalanilgan.

VenueSportsCapacity Ref. Butun Angliya klubi Tennis Not listed Bisley Ranges, Surrey Oʻq otish (pistolet/miltiq) Ro‘yxatda yo‘qThe Official Report of the 1908 London Olympics, p. 254. Fransiya-Britaniya ko‘rgazmasi qilichbozlik maydonlari, Shepherd's Bush Fencing Ro‘yxatda yo‘qThe Official Report of the 1908 London Olympics, p. 127. Henley Royal Regatta, Oxfordshire Akademik eshkak eshishRo‘yxatda yo‘qThe Official Report of the 1908 London Olympics, p. 237. Hunters Quay, Scotland Yeklanli kema sporti (12 metr)Ro‘yxatda yo‘qThe Official Report of the 1908 London Olympics, p. 340. The Hurlingham klubi Suv polosiRo‘yxatda yo‘qThe Official Report of the 1908 London Olympics, p. 232. Northampton instituti, Islington Boks Ro‘yxatda yo‘qThe Official Report of the 1908 London Olympics, pp. 107, 296–313. Prince's Skating Club Figure skatingRo‘yxatda yo‘qThe Official Report of the 1908 London Olympics, p. 284. Queen's Club Jeu de paume, Rackets Ro‘yxatda yo‘qThe Official Report of the 1908 London Olympics, p. 314.The Official Report of the 1908 London Olympics, p. 233.Royal Victoria yaxta klubi, Ryde Sailing (6, 7, 8 and 15 Metre)Ro‘yxatda yo‘qThe Official Report of the 1908 London Olympics, p. 339. Southampton Water Water motorsports Ro‘yxatda yo‘qThe Official Report of the 1908 London Olympics, p. 351. Uxendon oʻq otish maktab klubi Shooting (shotgun)Ro‘yxatda yo‘qThe Official Report of the 1908 London Olympics, p. 39. White City stadioni Kamondan o'q otish, yengil atletika, velosport (trek), suvga sakrash, chim ustida xokkey, futbol, Gimnastika, lakross, regbi, Swimming, arqon tortish, suv polosi (final), Kurash68,000The Official Report of the 1908 London Olympics, pp. 32–5, 40.

Ishtirok etuvchi milliy olimpiya qoʻmitalari

1908 yilgi olimpiada oʻyinlarida 22 ta Milliy Olimpiya qoʻmitasidan sportchilar ishtirok etgan. Bu musobaqada Finlandiya, Turkiya va Yangi Zelandiya (Avstralaziya jamoasi tarkibida) ilk bor qatnashgan. Buyuk Britaniya yagona jamoa sifatida ishtirok etgani ayrim irland sportchilarining noroziligiga sabab boʻldi. Ular Irlandiya alohida ishtirok etishi kerak, degan fikrda edilar, garchi oʻsha davrda Irlandiya Buyuk Britaniya tarkibida boʻlsa hamIrish Times, 4 August 2008, article by Kevin Mallon. Ular Rossiya imperiyasining tarkibiy qismi boʻlishiga qaramay, Londonda alohida davlat sifatida ishtirok etgan Finlandiya Buyuk Gersogligining tajribasiga tayanishdi.

Irlandiyalik sportchilarning boykot eʼlon qilishi mumkinligidan choʻchigan tashkilotchilar jamoa nomini „Buyuk Britaniya/Irlandiya“ deb oʻzgartirdilar. Shuningdek, ikkita sport turi chim ustida xokkey va polo boʻyicha Irlandiya alohida jamoa sifatida qatnashdi va har ikkala yoʻnalishda kumush medalga sazovor boʻldi. Biroq, ushbu medallar Buyuk Britaniya hisobiga qoʻshildi.

Buyuk Britaniya olimpiya jamoasida jami 676 nafar sportchi ishtirok etib, musobaqadagi eng yirik delegatsiyani tashkil etdi. Ikkinchi oʻrinni egallagan AQSH jamoasida esa 112 nafar sportchi bor edi.

Ishtirok etuvchi milliy olimpiya qoʻmitalari

(mezbon)

Milliy olimpiya qoʻmitalari boʻyicha sportchilar soni Mamlakat Sportchilar 676 363 168 113 112 88 87 81 81 69 68 67 63 32 20 19 14 7 6 1 1 1 Jami 2,008

Medallar jadvali

1 56 51 39 146 2 231212 47 3 8611 25 4 559 19 5 355 13 6 342 9 7 3310 16 8 233 8 9 220 4 10 152 8 11 122 5 12 120 3 13 113 5 14 110 2 15 031 4 16 023 5 17 002 2 17 002 2 19 001 1 Jami 110 107 107 324

Manbalar

Havolalar

Parliament & the 1908 Olympics - UK Parliament Living Heritage

Video footage of the 1908 Summer Olympics White City Stadium/BBC radio The London Olympics by Russell James

Turkum:1904-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari