Katja Dedekind (2001-yil 17-avgustda tugʻilgan) – avstraliyalik para suzuvchi (koʻrish qobiliyati buzilishi tashxisi qoʻyilgan) va golbolchi. 2016-yil Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida bronza medalini, 2020-yil Tokio Paralimpiya oʻyinlarida ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti Dedekind 2001-yil 17-avgustda Janubiy Afrikaning Durban shahrida tugʻilgan. Egizak ukasi bor. U tugʻma katarakta va ambliopiyadan aziyat chekadi, oʻng koʻzi butunlay koʻrmaydi, chap koʻzining koʻrish qobiliyati esa cheklangan. Avval Brisbane shahridagi Kenmore hududida yashagan Dedekind hozirda Sunshine Coastda istiqomat qiladi. U 2019-yilda Buderimdagi Matthew Flinders Anglican College maktabini tamomlagan.
2018-yil mart oyida Dedekind XXI Butunjahon Hamdoʻstlik oʻyinlari oldidan 3500 nafar avstraliyalik ishtirokchidan biri sifatida Qirolicha Baton estafetasida ishtirok etish sharafiga muyassar boʻlgan.
Dedekind Grffith universitetida Axborot-kommunikatsiya yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan paytida „Sporting Full Blue“ mukofoti bilan taqdirlangan.
Dedekindning shiori: „Agar biror narsa seni qiynamasa, oʻsha narsa seni oʻzgartira olmaydi“.
Sport faoliyati Dedekind suzish va golbol sporti bilan shugʻullanadi. Suzish boʻyicha S13 toifasida raqobat olib boradi.
U 2012-yilda „kelib koʻr va sinab koʻr“ (come and try) kunida qatnashganidan soʻng golbol bilan shugʻullanishni boshlagan. Oʻsha yili Melburnda boʻlib oʻtgan Avstraliya Golbol chempionatida „Eng yaxshi yosh himoyachi“ unvoniga sazovor boʻlgan. 2013-yilda Sidneyda oʻtkazilgan Australian Invitational Cup musobaqasida gʻolib boʻlgan jamoa tarkibida edi.
Dedekind suzishni egizak ukasi bilan birga yoshligidan boshlagan, biroq musobaqalarda 2012-yildan boshlab qatnashgan„Katja Dedekind“. Australian Paralympic Committee website. 21 July 2016. Retrieved 1 August 2016.. 2015-yilda boʻlib oʻtgan Queensland shtati sprint suzish chempionatida nogironligi boʻlgan sportchilar orasida „Musobaqaning eng yaxshi suzuvchisi“ unvoniga loyiq topilgan. Shu yili oʻtkazilgan SSA Tinch okeani maktab oʻyinlarida Dedekind 3 ta oltin va 5 ta kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2016-yilgi Avstraliya suzish chempionatida ayollar oʻrtasida 200 metrga erkin usulda suzish bahslarida bronza medalini, 50 metrga chalqancha suzish bahslarida beshinchi oʻrinni va 50 metrga batterfley usulida suzish bahslarida yana beshinchi oʻrinni egallagan. Sportchi Queensland universitetining UQ Swim Club suzish klubi aʼzosi boʻlib, u yerda David Heyden murabbiyligi ostida mashgʻulot olib borgan.
2016-yilda Dedekind Avstraliya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etuvchilar safidan joy olgan. U toʻrtta yoʻnalishda raqobat olib borgan va ulardan bittasida sovrinli oʻrinni egallagan. U ayollar oʻrtasida S13 toifasida 100 metrga chalqancha suzish bahslarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, xuddi shu toifada 400 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida yettinchi oʻrinni egallagan. Biroq sportchi 50 va 100 metrga erkin usulda suzish ahslarida final bosqichiga chiqa olmagan.
2018-yil avgust oyida Dedekind 17 yoshga toʻlishidan biroz oldin Queensland shtatining Cairns shahrida boʻlib oʻtgan Pan Pacific para suzish chempionatida 100 metrga chalqancha suzish boʻyicha oʻzining eng yaxshi natijasini qayd etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u ayollar oʻrtasida SM12/13 toifasida 200 metrga kompleks suzish bahslarida bronza medalini, S13 toifasida 400 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida esa kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Dedekind 2019-yilda Londonda boʻlib oʻtgan para suzish boʻyicha jahon chempionatida toʻrtta yoʻnalishda ishtirok etdi, biroq sovrindor sportchilar qatoridan joy egallay olmadi.
Sportchi Avstraliya suzuvchilar rasmiy terma jamoasi „Australian Dolphins“ aʼzosi hisoblanadi. 2020-yil Tokio Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan davrda Dedekindga Nathan Doyle murabbiylik qilgan. Tokiodagi Paralimpiya oʻyinlarida Dedekind ayollar oʻrtasida S13 toifasida 100 metrga chalqancha suzish bahslarida 1.06.49 natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi. Saralash bosqichida esa 1.07.38 natijani qayd etgan va bu uning eng yaxshi natijasi edi. Shuningdek, Dedekind ayollar oʻrtasida S13 toifasida 400 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida ham bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu masofani u 4.35.87 soniyada bosib oʻtgan va bu koʻrsatkich oltin medal sohibasi ukrainalik Anna Stetsenkoning natijasidan 12 soniyaga ortda edi. Dedekind S13 toifasida 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida ham qatnashdi. Musobaqaning final bosqichiga qadar yetib borgan boʻlsa-da, yakunda toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
2022-yilda Madeirada boʻlib oʻtgan para suzish boʻyicha jahon chempionatida Dedekind uchta medal, jumladan, S13 toifasida ayollar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida oltin medal, 100 metrga orqa chalqancha suzish va 400 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishlarida kumush medalga sazovor boʻldi.
2022-yil Birmingemda boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida Dedekind ayollar oʻrtasida S13 toifasida 50 metrga erkin usulda suzish musobaqasida jahon rekordini oʻrnatdi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2023-yilda Angliyaning Manchester shahrida oʻtkazilgan para suzish boʻyicha jahon chempionatida u yana uchta medal, oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
2022-yil iyun oylarida Dedekind SC Spartans klubini tark etib, Yeronga Park suzish klubiga oʻtdi. U yerda Robert van der Zant va Kate Sparkes murabbiyligida shugʻullana boshladi.
2024-yil Parijda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Dedekind S13 toifasida ayollar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzish musobaqasida ishtirok etdi, biroq finalga chiqa olmadi.
Mukofotlari
2016 – „Yilning yosh ayol sportchisi“, Sporting Wheelies va nogironlar uyushmasi; 2021 – Sunshine Coast universiteti tomonidan „Yil sportchisi“; 2022 – „Nogironligi boʻlgan eng yaxshi sportchi“, Queensland Sport.
Manbalar
Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar