Gia Pergolini (2004-yil 3-fevralda tugʻilgan) – amerikalik paralimpiya suzuvchisi. 2020 va 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Amerika Qoʻshma Shtatlari sharafini himoya qilgan.
Yoshlik yillari va taʼlimi Jorjiya shtatining Atlanta shahrida tugʻilgan Pergolini 2022-yildan buyon Florida Xalqaro Universitetida tahsil olib kelmoqda va shu universitetning suzish hamda suvga shoʻngʻish jamoasi aʼzosi hisoblanadi.
Suzish boʻyicha faoliyati Gia Pergolini 2017-yilda boʻlib oʻtgan suzish boʻyicha Jahon chempionatida xalqaro maydondagi debyutini amalga oshirdi va S13 klassda 100 metrga chalqancha suzish bahslarida kumush medalga sazovor boʻldi. Shuningdek, sportchi 2019-yilda para suzish boʻyicha Jahon chempionatida Amerika Qoʻshma Shtatlari sharafini muvaffaqiyatli himoya qildi va S13 klassda 100 metrga chalqancha suzish yoʻnalishi boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2018-yilgi AQShda oʻtkazilgan para suzish boʻyicha milliy paralimpiya chempionatining S13 klassida 100 metrga chalqancha suzish boʻyicha 1:07.97 natija koʻrsatgan holda Qoʻshma Shtatlar rekordini oʻrnatdi.
Pergolini atigi 17 yoshida 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida S13 klassda 100 metrga chalqancha suzish boʻyicha bahslarda qatnashib, saralash bosqichida 1:05.05 natijani qayd etgan holda jahon rekordini oʻrnatdi. Sportchi finalda 1:04.64 natija koʻrsatib, oltin medalga ega chiqdi va jahon rekordini yangiladi.
2022-yil 14-aprelda Pergolini 2022-yilgi para suzish boʻyicha Jahon chempionatida Amerika Qoʻshma Shtatlari sharafini himoya qilish uchun tarkibga kiritildi.
2024-yil 30-iyun kuni suzuvchi 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun Amerika terma jamoasi tarkibiga qoʻshildi. Paralimpiya oʻyinlarida Pergolini ayollar oʻrtasida S13 klassda 100 metrga chalqancha suzish bahslarida oltin medalni, S13 klassda 50 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bu esa AQSh jamoasi uchun musobaqaning birinchi oltin medali edi.
Manbalar
Havolalar Gia Pergolini at the IPC Tokyo 2020 website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:Suzuvchilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:21-asr amerikalik sportchi ayollar Turkum:Amerikalik chalqancha suzuvchi ayollar