2016-yilgi Yozgi Paralimpiya o‘yinlari medallar jadvali ushbu musobaqada ishtirok etgan Milliy Paralimpiya qo‘mitalari (MPQ) sportchilari qo‘lga kiritgan oltin medallar soniga ko‘ra tartiblanadi. 2016-yilgi Paralimpiya o‘yinlari, shu kungacha o‘tkazilgan 15-yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib, to‘rt yilda bir marta jismoniy va aqliy imkoniyati cheklangan sportchilar uchun o‘tkaziladi. O‘yinlar 7-sentabrdan 18-sentabrgacha Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tdi.

Jami 63 ta MPQ sportchilari kamida bitta oltin medal yutdi, umumiy hisobda esa 83 ta davlat sportchilari hech bo‘lmaganda bitta medal (har qanday turdagi) qo‘lga kiritdi. Kabo-Verde, Gruziya, Mozambik, Qatar, Uganda va Vyetnam o‘zlarining ilk Paralimpiya medallarini qo‘lga kiritdi. Shu mamlakatlardan Kabo-Verde 2024-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarigacha hech qachon Olimpiya medali yutmagan edi. Qozog‘iston yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ilk medallarini qo‘lga kiritdi, ular bundan avval faqat qishki Paralimpiadada kumush medal yutgan edi. Gruziya, Qozog‘iston, Malayziya, O‘zbekiston va Vyetnam o‘zlarining ilk Paralimpiya oltin medallarini qo‘lga kiritishdi.

Ketma-ket to‘rtinchi o‘yinlarda Xitoy umumiy jadvalda yetakchilik qildi, ular jami 239 medal (shundan 107 oltin) qo‘lga kiritib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Buyuk Britaniya 64 oltin va 147 umumiy medal bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Ukraina esa 41 oltin va 117 umumiy medal bilan o‘z tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich va o‘rinni qayd etdi.

Medallar jadvali

Ushbu jadvaldagi tartib Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (XPQ) tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslangan va XPQ medal jadvallaridagi qoidaga mos keladi. Odatda, jadval avvalo mamlakat sportchilari qo‘lga kiritgan oltin medallar soniga ko‘ra tartiblanadi (bu yerda “mamlakat” deganda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi tomonidan ifodalanadigan tuzilma nazarda tutiladi). Keyin kumush, undan so‘ng bronza medallar soni hisobga olinadi. Agar mamlakatlar bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, ular bir xil o‘rinda ko‘rsatiladi va XPQ davlat kodi bo‘yicha alifbo tartibida joylashtiriladi.

Dzyudo musobaqasida qo‘shimcha o‘n uchta bronza medali berilgan. Chunki yarim finalda magʻlub boʻlgan ikki ishtirokchining ikkalasiga ham bronza medali topshirilgan va uchinchi oʻrin uchun alohida bahs boʻlmagan.

Suzish bo‘yicha ham bir nechta holatlarda bir xil medal ikki sportchiga berilgan. Erkaklar o'rtasida 100 m ga chalqancha suzish S11 musobaqasida Wojciech Makowski va Bradley Snyder finalda bir xil vaqt ko‘rsatib, har ikkalasi kumush medalga ega bo‘lishgan, natijada bu musobaqada bronza medali berilmagan. Erkaklar o'rtasida 100 m ga brass usulida suzish SB13 musobaqasida esa Oleksii Fedyna va Firdavsbek Musabekov finalda bir xil vaqt ko‘rsatib, har ikkalasi oltin medalga ega bo‘lishgan, natijada kumush medal berilmagan. Ayollar o'rtasida 50 m ga erkin usulda suzish S11 musobaqasida esa ikki nafar sportchi uchinchi o‘rin uchun bir xil vaqt ko‘rsatgan va har ikkalasi bronza medaliga ega bo‘lishgan. 4 × 400 metr estafeta usulida suzish musobaqasida faqat ikki jamoa marraga yetib kelganligi sababli bronza medali berilmagan. Shu sababli, umumiy bronza medallari soni oltin va kumush medallardan ko‘proq. </onlyinclude>

Yana qarang 2016-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlari medallar jadvali

Manbalar

Havolalar Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi

Medallar boʻyicha 2016