Youssra Karim (1997-yil 26-martda tugʻilgan) – marokashlik para-atlet, disk, yadro uloqtirish boʻyicha shugʻullangan. U Marokash nomidan Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.
Faoliyati Karim 2014-yilgi Yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida 58 kg vazn toifasida sogʻlom sportchilar oʻrtasida ogʻir atletika musobaqasida qatnashgan.
Karim Marokash nomidan 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasida yadro uloqtirish F41 bahslarida qatnashib, shaxsiy rekordi – 8,16 metr natija bilan toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, Karim 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasida disk uloqtirish F41 musobaqasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:1997-yilda tug‘ilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Al-Jadidalik sportchilar Turkum:Marokashlik Paralimpiya atletlari Turkum:2014-yilgi Yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida og‘ir atletikachilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Paralimpiya o‘yinlarining medal sovrindorlari Turkum:2024-yilgi Yozgi Paralimpiya o‘yinlarining medal sovrindorlari Turkum:Yengil atletika boʻyicha Paralimpiya medal sovrindorlari Turkum:Marokashlik disk uloqtiruvchi ayollar Turkum:Marokashlik og‘ir atletikachi ayollar Turkum:21-asr marokashlik sportchi ayollar