Poʻlat () — kelib chiqishi forscha boʻlgan erkaklar va xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Poʻlatxon — 1875—76-yillarda Qoʻqon xonligida koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni rahbari; Poʻlat Abdullaev — sovet va rus diplomati; Poʻlat Abdurahmonov — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi, iqtisod fanlari nomzodi, Samarqand viloyatining birinchi hokimi (1992—1995); Poʻlat Bobojonov — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri (2017—2025) hamda Xorazm viloyati hokimi (2012—2017) boʻlgan; Poʻlat Habibullayev — fizik olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1984). SSSR (1991-yildan Rossiya) Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), fizika-matematika fanlari doktori (1971), professor (1972); Poʻlat Hasanov — nazariy elektrotexnika sohasidagi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), texnika fanlari doktori (1975), professor (1977); Poʻlat Madreimov — baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1977); Poʻlat Moʻmin — bolalar shoiri. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983); Poʻlat Qayumov — sovet va o‘zbek davlat arbobi; Poʻlat Rasulov — kinooperator. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967); Poʻlat Saidqosimov — oʻzbekistonlik aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1979); Poʻlat Sanaxanov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995); Poʻlat Yoqubov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1997); Poʻlat Yusupov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi; Poʻlat Zohidov — oʻzbekistonlik meʼmor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan meʼmor (1976); Poʻlat Zokirov — geobotanik, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1989), biologiya fanlari doktori (1971), professor (1983); Poʻlatjon Nosirov — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston qishloq xujaligi Fanlar akademiyasi akademik (1992), iqtisod fanlari doktori (1987), professor (1991); Poʻlatjon Qayyumov — maʼrifatparvar pedagog, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1942); Poʻlatjon Sultonov — geolog olim, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi (1991), dotsent (1999), geologiya-mineralogiya fanlari doktori (2017), professor (2020); Poʻlatxoʻja Xoldorxonov — oʻzbekistonlik futbolchi.

Familiyalar

Poʻlatov Poʻlatova

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha uniseks ismlar