2026-yilgi Jahon chempionati saralash jarayonining Okeaniya bosqichi 2024-yil 6-sentabrdan 2025-yil 24-martgacha boʻlib oʻtdi. Bu musobaqa 16-bor oʻtkazilgan Okeaniya saralash bosqichi boʻldi va tarixda ilk bor OFCga Jahon chempionatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma berilgan edi.

2025-yil 24-mart kuni OFC doirasidagi saralash bosqichi yakunlandi. Natijada, Yangi Zelandiya 2026-yilgi Jahon chempionatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritdi, Yangi Kaledoniya esa konfederatsiyalararo pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi.

Format Saralash tizimi quyidagicha edi:

Birinchi bosqich: FIFA erkaklar terma jamoalari reytingida eng past oʻrinda turgan toʻrtta jamoa 2024-yil sentabr oyida uchta oʻyindan iborat pley-off formatidagi bosqichda oʻynadi. Gʻolib jamoa ikkinchi bosqichga yoʻl oldi. Ikkinchi bosqich: Birinchi bosqich gʻolibi 2024-yil oktabr va noyabr oylarida boʻlib oʻtgan musobaqada reytingda eng yuqori oʻrinda turgan yetti jamoa bilan birgalikda ishtirok etdi. Ular toʻrttadan iborat ikkita guruhga boʻlingan holda oʻynashdi. Har bir guruhdan eng yuqori ikki oʻrinni egallagan jamoalar uchinchi bosqichga yoʻl oldi. Uchinchi bosqich: Ikkinchi bosqichdan chiqqan toʻrt jamoa 2025-yil mart oyida uch oʻyindan iborat pley-off formatida bahs olib bordi. Gʻolib jamoa 2026-yilgi Jahon chempionatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oldi, ikkinchi oʻrinni egallagan jamoa esa konfederatsiyalararo pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi.

Ishtirokchilar Saralash bosqichida ishtirok etishga haqli boʻlgan OFC ga aʼzo barcha 11 ta milliy terma jamoa turnirda qatnashdi.

Taqvim Taqvim quyidagicha boʻlgan. Bosqich TurSanaJoy(lar)Birinchi bosqich1-tur2024-yil 6-sentabr2-tur2024-yil 9-sentabrIkkinchi bosqich3-tur2024-yil 10–12-oktabr va 4-tur2024-yil 14–15-noyabr va 5-tur2024-yil 17–18-noyabrUchinchi bosqichYarimfinal2025-yil 21-martFinal2025-yil 24-mart Konfederatsiyalararo pley-off bahslarini oʻtkazish 2026-yil mart oyiga rejalashtirilgan.

Qur’a Dastlabki ikki bosqich uchun qur’a tashlash marosimi 2024-yil 18-iyul kuni Shveysariyadagi FIFA shtab-kvartirasida, soat 09:00 CEST (UTC+2) da boʻlib oʻtdi. Qur’a oldindan eʼlon qilingan boʻlsa-da, undagi saralash savatlari 2024-yil 18-iyul kungi FIFA erkaklar terma jamoalari reytingiga asoslangan edi (qavs ichida koʻrsatilgan).

Birinchi bosqichda FIFA reytingida eng past oʻrinda turgan toʻrtta jamoa ishtirok etdi. Ular pley-off formatida bahs olib bordi. Yarimfinalda reytingda eng yuqori oʻrindagi jamoa eng past oʻrindagiga qarshi, ikkinchi oʻrindagi esa uchinchi oʻrindagiga qarshi oʻynadi. Har ikki yarimfinal gʻoliblari finalda oʻzaro toʻqnash kelishdi. Ushbu finalda gʻalaba qozongan jamoa ikkinchi bosqichga yoʻl oldi. Ikkinchi bosqichda, har bir guruh quyidagi tarkibda shakllantirildi:

1-savatdan 1 ta jamoa, 2-savatdan 2 ta jamoa, 3-savatdan 1 ta jamoa (bu savatda birinchi bosqich gʻolibi uchun ajratilgan nominal oʻrin ham mavjud edi, yaʼni, birinchi bosqich natijalari chiqmasdan oldin qurʼa oʻtkazilgan boʻlsa-da, oʻsha bosqich gʻolibi uchun 3-savatda joy ajratilgan).

+2024-yil iyul oyidagi FIFA reytingiga koʻraSaralashni ikkinchi bosqichdan boshladiSaralashni birinchi bosqichdan boshladi1-savatcha2-savatcha3-savatcha

Birinchi bosqich Birinchi bosqich uchrashuvlari 2024-yil 6–9-sentabr kunlari Samoada boʻlib oʻtdi. Toʻrtta eng past reytingga ega jamoalar pley-off bosqichida ishtirok etishdi va gʻolib ikkinchi bosqichga, eng yuqori reytingga ega yetti jamoaga safiga qoʻshildi.

Jadval

1-tur

2-tur Gʻolib ikkinchi bosqichga yoʻl oldi.

Ikkinchi bosqich

Ikkinchi bosqich 2024-yil 10-oktabrdan 18-noyabrgacha davom etdi. Unda toʻrt jamoadan iborat ikkita guruhda klublar bir martadan oʻzaro oʻyinlar oʻtkazdi. Uchrashuvlar Fijida, Yangi Zelandiyada, Papua-Yangi Gvineyada va Vanuatuda boʻlib oʻtdi.

A guruhi

B guruhi

Uchinchi bosqich Uchinchi bosqich 2025-yil 21- va 24-mart kunlari Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtdi. Gʻolib jamoa 2026-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi, ikkinchi oʻrinni egallagan jamoa esa konfederatsiyalararo pley-off bosqichiga yoʻl oldi.

Jadval

Yangi Zelandiya Yangi Kaledoniyani 3–0 hisobida magʻlub etdi va 2026-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Yangi Kaledoniya esa konfederatsiyalararo pley-off bosqichiga yoʻl oldi.

Yarimfinal

Final

Konfederatsiyalararo pley-off bahslari

Ikkinchi oʻrinni egallagan Yangi Kaledoniya AFC, CAF va CONMEBOLdan bittadan jamoa hamda CONCACAFdan ikkita jamoa bilan birgalikda konfederatsiyalararo pley-off bosqichida ishtirok etadi. Reytingda eng past oʻrindagi toʻrtta jamoa avval ikki juftlikka boʻlinib, bitta oʻyindan iborat bahslar oʻtkazadi. Bu bosqichdagi gʻoliblar keyin eng yuqori reytingga ega boʻlgan ikki jamoaga qarshi yana yakuniy oʻyinlarda maydonga tushadi. Ushbu oʻyinlarda gʻalaba qozongan jamoalar 2026-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanma oladi.

Saralashdan oʻtgan jamoa thumb| Quyidagi OFC jamoasi yakuniy turnirga yoʻllanma oldi. JamoaYoʻllanma uchun asosYoʻllanma olgan sanaJahon Chempionatlarida avvalgi ishtiroklariUchinchi bosqich gʻolibi2025-yil 24-mart2 (1982, 2010)

Toʻpurarlar

Intizom Quyidagi qoidabuzarliklar uchun futbolchi avtomatik ravishda navbatdagi oʻyindan chetlatiladi: qizil kartochka olish (agar buzilgan qoida jiddiy boʻlsa, qizil kartochka tufayli berilgan chetlatish muddati uzaytirilishi mumkin) ikki alohida oʻyinda sariq kartochka olish (bunday holatda berilgan chetlatish keyingi saralash bosqichlariga oʻtkaziladi, lekin yakuniy bosqichga yoki boshqa xalqaro musobaqalarga tatbiq etilmaydi) Saralash bosqichida quyidagi chetlatishlar amalga oshirildi:

Jamoa Oʻyinchi Qoidabuzarlik turi Chetlatilgan oʻyin(lar) Aporosa Yada vs Solomon orollari (2024-yil 10-oktabr) vs Papua-Yangi Gvineya (14 November 2024)vs Yangi Kaledoniya (2024-yil 17-noyabr) Morgan Mathelon vs Papua-Yangi Gvineya (2024-yil 10-oktabr) vs Taiti (2025-yil 21-mart) vs Yangi Zelandiya (2025-yil 24-mart) Alton Leiataua vs Amerika Samoasi (2024-yil 5-sentabr) vs Tonga (2024-yil 9-sentabr)vs Vanuatu (2024-yil 12-oktabr) Alex Malauulu vs Amerika Samoasi (2024-yil 5-sentabr) vs Tonga (2024-yil 9-sentabr) vs Vanuatu (2024-yil 12-oktabr)

Manbalar

Turkum:Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati saralashi Saralash