Bolalar ombudsmani – bolalar huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullanadigan parlamentda faoliyat olib boruvchi lavozim. Ombudsmanlar odatda murojaatchilardan kelib tushgan individual murojaatlarni oʻrganib chiqib, tegishli davlat tashkilotlarga soʻrov yuborish huquqiga ega. Bu lavozim ilk marotaba 1981-yilda Norvegiyada joriy etilgan. 1990-yildan boshlab Yevropa Kengashi tomonidan butun dunyo boʻylab ommalashtirila boshlangan. Dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida lavozim joriy qilingan. Mamlakatlar boʻyicha ombudsmanlar faoliyati Avstraliya Avstraliyada ilk marotaba 2013-yil fevral oyida bolalar huquqlari boʻyicha milliy komissar lavozimi joriy etilgan. Komissar bolalar huquqlari boʻyicha jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish, tadqiqotlar va taʼlim dasturlarini amalga oshirish ishlariga mas’ul hisoblanadi. Oʻzbekiston 2019-yil aprel oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PQ-4296-sonli qaroriga muvofiq, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari – Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimi joriy etilgan. Manbalar

Turkum:Lavozimlar Turkum:Bolalar