Mixail Yeremchuk (; ; 1980-yil 14-noyabrda Rechitsada tugʻilgan) – nafaqadagi belaruslik professional futbolchi. Maydonda yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2013-yildan boshlab murabbiylik faoliyatiuni boshlagan va 2015-yilda Rechitsa-2014 futbol klubida bosh murabbiyi boʻlgan. 2025-yilda Buxoro futbol klubida bosh murabbiy Ulugʻbek Baqoyevga yordamchilik qilmoqda.
Futbolchilik faoliyati Futbolchilik faoliyatini Rechitsa shahridagi „Vedrich-97“ klubida boshlagan boʻlib, u yerda 2004-yilgacha tanaffuslar bilan oʻynagan. Soʻngra poytaxtning „MTZ-RIPO“ va Bobruysk shahrining „Belshina“ jamoalarida muvaffaqiyatli oʻyin koʻrsatgan. 2012-yil fevral oyida Novopolotsk shahridagi „Naftan“ klubiga oʻtgan. 2012-yilgi mavsumning yakunida Novopolotsk jamoasini tark etib, futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati 2013-yil iyun oyida Rechitsa shahridagi „Vedrich-97“ futbol klubining vaqtincha bosh murabbiyi etib tayinlangan. U boshchilik qilgan jamoa qisqa muddat ichida Rechitsa klubi turnir jadvalining pastki qismidan oʻrtasiga koʻtarilgan. 2013-yil iyulda Aleksandr Brazevich bosh murabbiy etib tayinlangach, u klubning katta murabbiyi lavozimida qolgan.
2015-yil martda Aleksandr Brazevich klubdan ketgach, Yeremchuk Birinchi liga boshlanishidan oldin jamoaning bosh murabbiyi boʻlgan. Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli „Rechitsa-2014“ asosiy oʻyinchilarini yoʻqotdi va jamoa tez orada jadvalning oxirgi oʻrniga tushib qoldi. Mavsumning ikkinchi yarmida oʻyin yaxshilandi, lekin Rechitsa klubi jadvalning soʻnggi qatoridan chiqib keta olmadi. Mavsum yakunida esa klubning tarqatib yuborilganligi maʼlum boʻlgan.
2016-yil boshida u asosan „Rechitsa-2014“ jamoasining sobiq oʻyinchilaridan tashkil topgan qayta tiklangan „DSK-Gomel“ jamoasini boshqarishga rozilik berdi, biroq soʻnggi daqiqada klub Ikkinchi ligada ishtirok etishdan voz kechdi. 2016-yil 1-iyulda Yeremchuk Mahiljouning „Torpedo“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan. U 2016-yilgi mavsum oxirigacha jamoani boshqardi, shundan soʻng jamoani tark etdi.
2018-yildan boshlab Minskning „Energetik-BGU“ klubi murabbiylar shtabida faoliyat yuritdi, 2021-yil iyun oyida esa Oʻzbekistonning „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtgan.
F.Skorina nomidagi Gomel davlat universiteti hamda Belarus Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv akademiyasini tamomlagan.
Yutuqlari
Futbollchi sifatida MTZ-RIPO Minsk Belarus kubogi gʻolibi: 2004–05, 2007–08
Naftan Novopolotsk Belarus kubogi gʻolibi: 2011–12
Shaxsiy sovrinlari Davlat mukofotlari Doʻstlik ordeni (2025-yil 6-iyun, Oʻzbekiston)Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 6 iyunya 2025 goda „O nagrajdenii gruppi chlenov i trenerov Natsionalnoy sbornoy komandi Uzbekistana po futbolu“.
Manbalar
Havolalar
Mixail Yeremchuk Footballfactsru saytida Mixail Yeremchuk Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Belaruslik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Rechitsa-2014 futbolchilari Turkum:FC Gomel futbolchilari Turkum:FC Partizan Minsk futbolchilari Turkum:FC Belshina Bobruisk futbolchilari Turkum:FC Naftan Novopolotsk futbolchilari Turkum:Belaruslik futbol murabbiylar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar