Asmo binti Xumaravayh ibn Ahmad ibn Tulun (), Qatr an-Nada nomi bilan mashhur (), Tuluniylar sulolasiga mansub vassal hokim Xumaravayh ibn Ahmadning qizi va oʻn oltinchi abbosiy xalifasi al-Mu’tazidning bosh xotini.

Hayoti Qatr an-Nada otasi Xumaravayh ibn Ahmad ibn Tulun tomonidan siyosiy ittifoqqa erishish maqsadida xalifa al-Mu’tazidga taklif etilgan. Ushbu kelishuv 893-yil bahorida imzolangan boʻlib, Tuluniylar bilan Abbosiylar saroyi oʻrtasida uzoq yillar davom etgan raqobat va janglarga barham bergan. Kelishuvga koʻra, Xumaravayh Misr va Bilod ash-Shom ustidan merosiy hokim sifatida tan olingan va Bagʻdoddan maʼlum darajada mustaqil boʻlishi eʼtirof etilgan. Buning evaziga u Abbosiylar xalifaligiga yillik xiroj toʻlashga rozi boʻlgan.

Qatr an-Nadaning dastlab xalifaning oʻgʻillaridan biri Ali (boʻlajak al-Muktafiy) bilan turmush qurishi moʻljallangan edi, ammo al-Mu’tazid uni oʻziga xotinlikka olishni tanlagan. Qatr an-Nada oʻzi bilan birga million oltin dinor olib kelgan, tarixchi Thierry Bianquisning soʻzlariga koʻra, bu „oʻrta asrlar arab tarixidagi eng dabdabali toʻy sovgʻasi“ boʻlgan. Xalifa unga shaxsan oʻzi emas, balki vakil orqali uylangan. Vakil shaxs zargarlik bilan shugʻullanuvchi vositachi Abu Abdulloh al-Javhariy ibn al-Jassos boʻlgan. Yaʼni, nikoh marosimi Bagʻdodda oʻtgan, lekin Qatr an-Nada oʻsha paytda hali ham Misrda boʻlgan. Shundan soʻng Qatr u yerdan Ibn al-Jassos va uning amakisi Abu al-Karadis tomonidan Bagʻdoddagi Abbosiylar haramiga kuzatib qoʻyilgan. U Bagʻdodga 895-yil 3-mart kuni yetib kelgan, uning safar karvoni, koʻrkam kiyimlari, boyliklari va xizmatkorlar bilan tashrifi juda hashamatli va dabdabali koʻrinishda boʻlib, qashshoqlikda qolgan xalifa saroyining holatidan mutlaqo farq qilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:9-asrda tugʻilganlar Turkum:900-asrda vafot etganlar Turkum:Tuluniylar