Julen Lopetegui Argote (1966-yil 28-avgustda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchidir. Hozirda u Qatar milliy terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

U darvozabon sifatida toʻqqiz mavsum davomida La Ligada 149 ta oʻyin oʻtkazib, musobaqada „Real Madrid“, „Logronyes“, „Barcelona“ va „Rayo Vallecano“ jamoalari safida toʻp surgan. Bundan tashqari, uchta klub tarkibida Segunda divizionida 168 ta oʻyin oʻtkazgan, Ispaniya terma jamoasi uchun bir marta maydonga tushgan va 1994-yilgi Jahon chempionatida terma jamoa aʼzosi boʻlgan.

Lopetegi 2003-yilda murabbiylik faoliyatini boshlab, bir necha yil davomida Ispaniyaning yoshlar terma jamoalarini boshqargan. U 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan jamoalarni Yevropa chempionligiga olib chiqqan. Ikki yil davomida milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlagan, biroq 2018-yilgi Jahon chempionati boshlanishidan oldin, turnirdan soʻng „Real Madrid“ga oʻtishi haqidagi kelishuv maʼlum boʻlgach, lavozimidan chetlashtirilgan. Klub futbolida u „Rayo Vayekano“, „Castilla“, „Porto“, „Real Madrid“, „Sevilla“, „Wolverhampton Wanderers“ va „West Ham United“ jamoalarini boshqargan. „Sevilya“ jamoasi bilan 2020-yilgi Yevropa ligasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Boshqaruv uslubi Lopetegi bilan „Sevilya“da birga ishlagan sport direktori Monchi uni har qanday murabbiy uchun muhim boʻlgan uchta fazilatga ega deb taʼriflagan: yuqori kasbiy mahorat, raqobatbardoshlik va jamoani boshqarish qobiliyati. Shuningdek, u Lopetegining yirik klublarda ishlashga mosligini taʼkidlab, shunday degan: „Julen katta klubga nima kerakligini juda yaxshi tushunadi. Uning oʻz talablari bor, albatta, lekin bu tabiiy holat va u doimo klub bilan hamohang ishlaydi. U talabchan, ammo bu faqat uni tayinlaganlar manfaati uchun, shaxsiy manfaatdorlik tufayli emas“ .

Murabbiylik statistikasi

+Jamoalar va boshqaruv muddati boʻyicha murabbiyli natijalariJamoaDanGachaNatijalarRayo Vallecano2003-yil 1-iyul2003-yil 3-noyabrReal Madrid B2008-yil 1-iyul2009-yil 30-iyunIspaniya U19-U20-U212010-yil 1-avgust2014-yil 30-aprelPorto2014-yil 1-iyul2016-yil 7-yanvarIspaniya2016-yil 21-iyul2018-yil 13-iyunReal Madrid2018-yil 1-iyul2018-yil 29-oktyabrSevilla2019-yil 5-iyun2022-yil 5-oktyabrWolverhampton Wanderers2022-yil 14-noyabr2023-yil 8-avgustWest Ham United2024-yil 1-iyul2025-yil 8-yanvarQatar2025-yil 1-mayHozirgachaFaoliyat statistikasi

Yutuqlari

Futbolchi sifatida Real Madrid

La Liga gʻolibi: 1989–90

Barselona

Ispaniya Superkubogi gʻolibi: 1994, 1996

Ispaniya U20 terma jamoasi

FIFA Yoshlar jahon chempionati ikkinchi oʻrin sohibi: 1985

Murabbiy sifatida Sevilya

UEFA Yevropa ligasi gʻolibi: 2019–20

Ispaniya U19 terma jamoasi

UEFA 19 yoshgacha boʻlganlar Yevropa chempionati gʻolibi: 2012

Ispaniya U21 terma jamoasi

UEFA 21 yoshgacha boʻlganlar Yevropa chempionati gʻolibi: 2013

Manbalar

Havolalar

Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari

Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1994 oʻyinchilari Turkum:Ispaniyalik futbol murabbiylari Turkum:Real Madrid Castilla murabbiylari Turkum:La Liga murabbiylari Turkum:Real Madrid CF murabbiylari

Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan murabbiylar Turkum:Qatar milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:2026-yilgi FIFA jahon chempionati murabbiylari