Hasan al-Askariy (; ) – islom paygʻambari Muhammadning avlodi. Oʻn ikki imomning oʻn birinchi imomi sifatida eʼtirof etiladi, otasi Ali al-Hodiydan keyin imomlik maqomiga ega boʻlgan. 844-yilda Madinada tugʻilgan va 848-yilda otasi bilan birga Samarraga olib ketilgan va Abbosiy xalifalari tomonidan qatʼiy nazorat ostida saqlangan. Garchi Hasan va uning otasi siyosiy jihatdan faol boʻlmagan boʻlsalar-da, ular vafotlariga qadar doimiy kuzatuv ostida boʻlgan. 868-yilda Ali al-Hodiyning vafotidan soʻng, uning izdoshlarining aksariyati Hasan al-Askariyni navbatdagi imom sifatida tan olgan. Ammo xalifalar tomonidan al-Askariyning shialar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatishi cheklangan, shuning uchun Hasan izdoshlariga maxsus vakillar tarmogʻi orqali murojaat qilgan. Hasan al-Askariy 873–874-yillarda taxminan 28 yoshida Samarrada vafot etgan va otasining qabri yoniga dafn etilgan. Keyinchalik bu joy shialarning muqaddas ziyoratgohlaridan biri al-Askariy maqbarasiga aylangan. Shialik manbalarida al-Askariyning (shuningdek, otasining) oʻlimida Abbosiylar aybdor qilingan. Hasan al-Askariyga Qur’oni karimning ilk shia tafsirlaridan biri ham nisbat beriladi.

Nomlari Hasan ibn Ali as-Somit, al-Hodiy va az-Zakiy nomlari bilan tanilgan, biroq asosan, al-Askariy nomi bilan mashhur boʻlgan. Bu laqab unga deyarli butun hayoti davomida Abbosiylar xalifaligi poytaxti Bagʻdod yaqinidagi Samarra shahrida qamoqda saqlangani sababli berilgan. Oʻn ikki imomdan sakkizinchisi boʻlgan Ali ar-Rizoning nabirasi sifatida Hasan oʻz zamondoshlari orasida Ibn ar-Rizo (Rizoning oʻgʻli) nomi bilan ham tanilgan.

Manbalar

Havolalar

Oʻn birinchi imom Hasan ibn Ali (al-Askariy)

Turkum:Husayniylar Turkum:9-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:Madina kishilari