Nargis () — kelib chiqishi arabcha boʻlgan xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Etimologiyasi Nargis ism forschadan () koʻra yunoncha „Narkisos“ soʻzidan kelib chiqqani taxmin qilinadi. Yunon mifologiyasiga koʻra „Narkisos“ oʻz husniga oshiq boʻlib, shu ishqdan halok boʻlgan va maʼbudlar tomonidan shu nomdagi gulga aylantirilgan yosh yigit boʻlgan.
Taniqli shaxslar
Nargis Datt — hind kinosida ishlagan hind aktrisasi va siyosatchisi; Nargis Fakhri — asosan hind filmlarida rol oʻynaydigan amerikalik aktrisa va model; Nargis Muhammadiy — eronlik inson huquqlari faoli va Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati Shirin Ebadiy boshchiligidagi Inson huquqlari himoyachilari markazi (DHRC) vitse-prezidenti; Nargis Qosimova — oʻzbek jurnalisti, filologiya fanlari doktori, professor, „Ekolog“ jamoat birlashmasi direktori.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha ayollar ismlari