Yaʼqub ibn Toriq (; baʼzi manbalarda Yaʼqub deb atalgan, -yilda vafot etgan) – Bagʻdodda yashagan fors astronomi va matematigi.
Faoliyati thumb|William Muirning tomonidan tasviri, Yaʼqub ibn Toriq faol boʻlgan dumaloq shahar (Bagʻdod) (1883). Yaʼqub ibn Toriq Bagʻdodda hukmronlik qilgan ikkinchi abbosiy xalifa al-Mansur () davrida astronom sifatida faoliyat yuritgan. Ptolemey astronomiyasi bilan tanish boʻlmagan boʻlishi mumkin, chunki zardushtiylik taqvimidan foydalangan, bu taqvim har biri 30 kundan iborat 12 oydan tashkil topgan boʻlib, qolgan kunlar sakkizinchi oy Aban oyidan soʻng qoʻshilgan.
Yaʼqub ibn Toriqning „Tarkīb al-Aflāk“ nomli asarida osmon jismlarining tuzilishi va joylashuvi haqida soʻz boradi. Bu asardagi osmon jismlarining oʻlchamlari va ular orasidagi masofalarga oid hisob-kitoblar keyinchalik XI asrda mashhur olim al-Beruniy tomonidan Hindistonga bagʻishlangan asarida jadval shaklida keltirilgan. Yaʼqub in Toriq Yerning radiusini 1 050 farsax, Oy va Merkuriy diametrini 5 000 farsax (Yer radiusining 4,8 barobari) hamda Venera, Quyosh, Mars, Yupiter va Saturn sayyoralari diametrlarini esa 20 000 farsax (Yer radiusining 19 barobari) deb koʻrsatgan. Uning yozishicha, har bir sayyora oltitadan sferaga ega, Quyoshda ikkita, Oyda esa uchta sfera mavjud. Yaʼqub, shuningdek, sayyoralarning epitsikllari va tezliklari haqida ham fikr bildirgan. Uning tomonidan berilgan osmon jismlarining uzunlik va apogey (eng uzoq nuqta) koordinatalari maʼlumotlari Yazdigird III hukmronligi davrida forslar tomonidan tuzilgan „Zīǧ aš-šāh“ astronomik jadvallaridan olingan. Biroq Yaʼqub Oy fazalarini hisoblashda hind astronomiyasiga oid usullardan foydalangan.
Nasroniy munajjim Ibn Hibinto Yaʼqubni Quyosh va yulduzlarning joylashuvidan joy kengliklarini aniqlashda foydalanganini taʼkidlagan.
Manbalar
Adabiyotlar
(PDF version)
Qoʻshimcha oʻqish uchun
Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari Turkum:796-yilda vafot etganlar