Buran bintu al-Hasan ibn Sahl (; 807-yil 6-dekabr — 884-yil 21-sentyabr) yoki Xadija bintu al-Hasan ibn Sahl () Abbosiy xalifa al-Ma’munning xotinlaridan biri boʻlgan.

Buran al-Maʼmunning ikkinchi xotini boʻlib, al-Maʼmunning amaldorlaridan biri al-Hasan ibn Sahlning qizi edi. Tugʻilganida Xadija ismi qoʻyilgan. 807-yil 6-dekabrda tugʻilgan.

Buran al-Maʼmunning yuqori martabali amaldori al-Hasan ibn Sahlning qizi boʻlib, ehtimol Sosoniylar malikasi Boran () sharafiga shunday nomlangan.

Buran oʻn yoshida xalifa bilan unashtirilgan. Toʻy oʻn yetti yoshga toʻlganda, 825-yil dekabr oyida, Vositda boʻlib oʻtdi. Toʻy shu daqar dabdabali boʻlganki, oxir-oqibat maqolga aylanib, „Islomga da’vat“ yoki „Da’vat al-Islom“ nomi bilan tarixga kirgan. Al-Maʼmun 817-yilda Buranga uylandi. 825-yil dekabr yoki 826-yil yanvar oyida Fam al-Silx shahrida nikohini qonunlashtirdi.

Buran xalifa haramiga kirib, xalifaning uch xotinidan biriga aylandi. Buranning haramdagi hayoti haqida juda kam maʼlumot mavjud. Buran xalifadan amakisi Ibrohim ibn al-Mahdiyni afv etishni soʻragani maʼlum. Shuningdek, Zubayda bintu Jaʼfarning haj ziyoratiga borishi uchun ham ruxsat berishni soʻragan.

Buranga otasi Dajla daryosi boʻyida joylashgan Hasaniy saroyini inʼom etgan. 833-yilda beva qolgandan soʻng, shu saroyda yashay boshlagan. Buran 884-yil 21-sentyabrda vafot etguniga qadar shu saroyda yashagan.

Buran boraniy taomining yaratilishiga sababchi boʻlgan. Yana qarang Ummu Iso binti Muso Al-Hadiy Arib al-Maʼmuniyya Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:884-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiy xalifalarning xotinlari Turkum:807-yilda tugʻilganlar Turkum:9-asr Abbosiylar xalifaligi ayollari Turkum:9-asr Abbosiylar xalifaligi shaxslari