Pem Prakash (Yorugʻlik nuri) – Marehra shahridan boʻlgan Qodiriylar tariqati soʻfiy avliyosi Sayyid Shoh Barokatulloh Marharviy tomonidan yozilgan kitob. Muallif hind sheʼriyatida Pemi, fors sheʼriyatida esa Ishqiy taxalluslarini ishlatgan.
Bu kitobda muallif Xudoning yagonaligini taʼkidlab, sheʼrlar yozgan. Asar Avrangzeb hukmronligi davrida yozilgan.
Dehli universiteti tarkibidagi St. Stephens kolleji sanskrit kafedrasi mudiri Mahamahopadhyaya Pandit Lakshmi Dhar va Frank Brothers nashriyoti tomonidan kitob nashr etilgan.
Manbalar
Turkum:Hind sheʼriyati Turkum:Fors sheʼriyati
Havolalar Pem Prakash Rexta saytida