Al-Burhon fi Tafsir al-Qur’on yoki Kitob al-Burhon fi tafsir al-Qur’on, xalq orasida Tafsir al-Burhon () nomi bilan mashhur, Sayyid Hoshim Bahrani tomonidan yozilgan shia tafsiri (yoki Qur’on tafsiri)Kitab al-burhan fi tafsir al-Qur’an by Hāshim ibn Sulaymān Baḥrānī, Chapkhanah-i Āftāb, 1955.

Kitob haqida Taxminan 12 000 ta tafsiriy hadislar bor boʻlib, ular Muhammadning oilasidan rivoyat qilingan va ayrim shia olimlari tomonidan „Tafasiri Maʼsur“ (anʼanaviy tafsirlar) nomi bilan mashhur boʻlgan bir qancha tafsirlarda jamlangan. XII asrda, ushbu rivoyatlarning koʻpchiligi Bahrani asari boʻlgan „Al-Burhan fi Tafsir al-Qur’an“ nomli ikki yirik toʻplamda yigʻilgan.

Bu, hijriy XI va XII asr boshlarida yozilgan eng muhim shia rivoyaviy tafsirlaridan biridir. Muallifi – shia olimi, rivoyatchilik (axboriy maslak) yoʻnalishidagi mufassir, muhaddis va muallif Sayyid Hoshim ibn Sulaymon ibn Ismoil Husayni Bahrani. Ushbu rivoyaviy uslubdagi tafsirda diniy fanlar, rivoyatlar, Paygʻambar xabarlarini (yaʼni Muhammadning soʻzlari va amallari) va, ayniqsa, Imomiyat Ahlining fazilatlarini sharhlagan. Soʻngra u Ahli Baytdan rivoyat qilingan hadis va rivoyatlarni Qur’on oyatlari ostida keltirib, ular bilan bogʻlagan. „Al-Burhon“ tafsiri eski va nomaʼlum manbalarda zikr etilgan Qur’on ilmlarining koʻplab xabar va sirlarini jamlagan. Shuningdek, zamonaviy mufassirlar uchun yashirin boʻlgan koʻplab rivoyatlarni oʻquvchilarga tanitgan.  Kitobning tuzilishi Ushbu kitob kirish va 16 bobdan iborat. Boblarda Qur’on mavzulari va tafsir nuqtai nazarlari bayon qilinadi, masalan:

Olim va shogirdning fazilati va ustunlig haqida

Qur’onning fazilati haqida „Sogʻlayn“ (Qur’on [sugʻroyi akbar] va rivoyat [sugʻroyi asgʻar]) haqida Qur’onnning sur’alari nozil boʻlish ketma-ketligiga koʻra tartiblanmagan. Sharhlovchi shaxsiy izohlardan tiyilishni talab qilgan va sharhning boshqalar tomonidan oʻzgartirilishini qatʼiyan man etgan, biroq uning sharhi asosan talqin va tushuntirishga qaratilgan. Qur’onning zohiriy va botiniy maʼnosi Keyingi bob: nima uchun Qur’on arab tilida nozil qilingan? Qur’onga zid boʻlgan rivoyatlar Birinchi va oxirgi nozil qilingan suralar Oʻn beshinchi bobda muallif Qur’on va Ahli Bayt oʻrtasidagi bogʻliqlikni tushuntiradi va Qur’onning botiniy maʼnosi va ilmi „Oʻn toʻrt begunoh“ga tegishli ekanini taʼkidlaydi Oʻn oltinchi bobda esa muallif tafsir manbalarini keltiradi va baʼzi umumiy tafsir istilohlarini bayon qiladi. Bahrani bu tafsirda faqat rivoyatlar va xabarlarni keltirgan, har bir boʻlim oxirida keltirilgan rivoyatlarni alohida qayd etgan. Manbalar

Turkum:Shia tafsir Turkum:Shia tafsiri