Ad-Dahhok ibn Qays ash-Shayboniy () 745-yildan to 746-yilda jangda halok boʻlguniga qadar Iroqda Umaviy xalifa Marvon IIga qarshi keng koʻlamli, biroq muvaffaqiyatsiz boʻlgan xorijiylar qoʻzgʻoloniga boshchilik qilgan. Xalifalik inqirozi va xorijiylar isyoni 744-yil bahorida al-Volid II taxtdan agʻdarilishi bilan Umaviylar xalifaligida notinch davr boshlandi. Xalifaning vorisi Yazid III bir necha oydan soʻng vafot etdi. Shundan soʻng, Armaniston va Ozarbayjon hokimi boʻlgan shuhratparast Marvon ibn Muhammad Yazidning tayinlangan vorisi Ibrohim ibn al-Volidga qarshi isyon koʻtardi. Marvon Damashq va Suriyani oʻz nazoratiga olishga erishdi. Biroq, boshqa hududlarda uning hokimiyati qismandan to butunlay yoʻq darajagacha farqlanardiHawting (2000), pp. 93-97.

Iroqda bu tartibsizlik Yazid III tayinlagan noib Abdulloh ibn Umar ibn Abdulaziz va Marvon tayinlagan an-Nadr ibn Said al-Xaroshiy oʻrtasidagi kurash koʻrinishida yuzaga chiqdi. Bu mojaro Mesopotamiyada vujudga kelgan musulmon mazhabi xorijiylarning qoʻzgʻolon koʻtarishiga yoʻl ochdi. Qoʻzgʻolonga dastlab Said ibn Bahdal rahbarlik qilgan. Said tez orada vabo kasalligidan vafot etgach, uning oʻrnini Dahhok egalladiVeccia Vaglieri (1965), p. 90Hawting (2000), p. 100. Dahhok tez orada qoʻshin toʻplab, 745-yilning aprel/may oyida kuchlarini birlashtirgan ikki raqib noibni magʻlub etishga erishdi. Magʻlubiyatdan soʻng, al-Xaroshiy Marvon huzuriga qaytdi. Abdulloh ibn Umar esa Vosit qalʼasiga chekinib, u yerda qamalda qoldi. Biroq, avgust oyida Ibn Umar taslim boʻldi va Umaviylar sulolasi hamda paygʻambarning Quraysh qabilasiga mansub shaxs uchun misli koʻrilmagan tarzda, na sulola, na qabilaga aloqador boʻlgan Dahhokka sadoqat izhor etdi. Bu paytga kelib izdoshlari Dahhokni xalifa deb eʼlon qilishgan edi. Dahhok qoʻshinlari Kufani ishgʻol qilib, yetakchilari qarorgohiga aylantirishdi. Ibn Umar esa Vosit shahri, Sharqiy Iroq va Gʻarbiy Fors oʻlkalari noibi etib tayinlandi. Dahhok oʻz tarafdorlarini saxiylik bilan mukofotlashi hamda xorijiylar taʼlimotining jozibadorligi tufayli uning saflariga tez orada yanada koʻproq odam qoʻshildi. Hatto, aytishlaricha, uning qoʻshini kishiga yetgan ekan. Jumladan, xalifa Hishom ibn Abdulmalikning oʻgʻli va Marvonning raqini boʻlgan mashhur sarkarda Sulaymon ham Dahhokdan boshpana soʻragan edi. Isyonning yakuni Marvon Homsda Sulaymonning ukase Said va unign tarafdorlarini qamal qilish bilan band boʻlib turganda Dahhok shimoliy Mesopotamiyaga bostirib kirdi. Mosulni qoʻlga kiritgach, Marvon Harronda istiqomat qiluvchi oʻgʻli Abdullohga xorijiylarning hujumiga qarshi chiqishni buyurdi. Biroq, Abdulloh magʻlubiyatga uchrab, Nisibisga chekinishga majbur boʻldi va u yerda qamalda qoldi. Homs qoʻldan ketgach esa, Marvon oʻz qoʻshini bilan tez sur’atda sharq tomon yoʻl oldi. 746-yilning avgust/sentyabr oyida ikki qoʻshin Kafartutadagi al-Gʻazz hududida toʻqnashdi. Jang davomida Dahhok kuchlari uzil-kesil magʻlubiyatga uchradi, Dahhokning oʻzi esa jangning dastlabki paytlaridayoq halok boʻldi. Dahhokning vorisi al-xaybariy hujumni qayta boslashga uringan boʻlsa-da, u ham halok boʻldiHawting (2000), pp. 100-101. Xorijiylar qoʻzgʻoloni Abu Dulaf boshchiligida yana bir yil davom etdi. Biroq, 747-yilning oxiriga kelib Marvon Mesopotamiya, Iroq va Fors hududlarini oʻz nazoratiga olishga erishdiHawting (2000), p. 101.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:746-yilda vafot etganlar Turkum:Umaviylar xalifaligiga qarshi isyonlar Turkum:Arab isyonchlari Turkum:Jangda halok boʻlgan oʻrta asrlar arablari Turkum:Xorijiylar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Banu Shaybon Turkum:8-asr arablari Turkum:Iroq Umaviylar xalifaligi davrida Turkum:Uchinchi fitna ishtirokchilari