Masruq ibn al-Ajdaʼ (; 682-yilda vafot etgan) – iroqlik mashhur tobeinlardan, faqih va muhaddis. Koʻplab hadislar rivoyat qilgan. Abdulloh ibn Mas’udning shogirdi. Keyinchalik Masruq oʻzi ham taniqli ustozga aylandi va Ibrohim an-Naxaʼiy kabi boʻlajak islom olimlari uning shogirdlari qatoriga kirdi. 658-yilda xalifa Ali ibn Abu Tolib (661-yilda vafot etgan) tarafdori boʻlib, xorijlarga qarshi jang qilgani aytiladiMashahir, 101; Tarikh Baghdad, XIII. 232-5.
Zahabiy oʻzining „Siyar aʼlom an-nubalo“ kitobida Masruqni keyingi musulmon avlodlari xulq va ibodatda taqlid qilishlari lozim boʻlgan kishilar qatoriga kiritgan. Rivoyat qilinishicha, Masruq Allohga juda taqvodorlik bilan ibodat qilar va Kaʼba oldida sajda holatida uxlab qolar ekan. Odamlar unga soʻnggi kasalligida dam olishni maslahat berishganda, u shunday javob qaytargan: „Allohga qasamki, agar kimdir kelib, Alloh meni aslo jazolamasligini aytsa ham, men ilgarigidek chin dildan Unga ibodat qilishda davom etaverardim“Why do the two generations succeeding the companions have an exalted place in Islam? Islamanswers.net. Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:682-yilda vafot etganlar Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari Turkum:Tobeinlar Turkum:7-asr arab shaxslari