„Until I Bleed Out“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning, toʻrtinchi studiyaviy albomi – After Hours tarkibiga kiruvchi qoʻshigʻi. Qoʻshiq albomning yakuniy treki sifatida 2020-yil 20-mart kuni chiqarilgan. Trek The Weeknd tomonidan Metro Boomin, Oneohtrix Point Never, Prince 85 va Notinbed bilan birgalikda yozilgan va prodyuserlik qilingan. Qoʻshiq uchun ishlangan rasmiy musiqiy klip esa 2020-yil 7-aprel kuni ommaga taqdim etilgan.
Tarixi va chiqarilishi 2020-yil mart oyining boshida, After Hours albomi chiqishidan ikki hafta oldin, The Weeknd ushbu qoʻshiqni Variety jurnalisti Jem Aswad ishtirokidagi tinglov sessiyasi davomida namoyish qilgan. Mazkur uchrashuvda Tesfaye qoʻshiq uchun musiqiy video tayyorlanganini ham tilga olgan. „Until I Bleed Out“ treki 2020-yil 20-mart kuni butun albom bilan birga rasman chiqarilgan.
Matni Qoʻshiq matnida The Weekndning sobiq sevgilisi bilan munosabatlarining yakun topgani metaforik kuch orqali ifodalanadi. Unda xonandaning tanasidagi qon tugab borayotgani, yaʼni munosabatni davom ettirish uchun zarur boʻlgan kuch va energiya qolmagani ramziy tarzda aks ettirilgan.
Tanqidiy qabul Qoʻshiq ijobiy baholarga sazovor boʻldi, asosan uning qorongʻi muhiti tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi. The New York Times nashridan Jon Caramanica uni „albomning hissiyotlarga boy yakuniy qoʻshigʻi“ deb taʼrifladi. Billboard nashridan J’na Jefferson esa ushbu trekni After Hours albomidagi eng yaxshi oʻn ikkinchi qoʻshiq deb baholab, uning prodakshnini maqtadi, kuyini esa „video oʻyin uslubida“ dedi va undagi „gʻamgin aks sado“ albomdagi qarama-qarshi unsurlarni bir butun qilib, barchasini chiroyli tarzda yakunlab berganini taʼkidladi. Biroq Billboard keyinchalik qoʻshiqning toʻsatdan yakunlanishi tinglovchi uchun barcha his-tuygʻularni anglab olishni va ichki barqarorlikni topishni qiyinlashtiradi, deb yozadi.
Musiqiy klip „Until I Bleed Out“ qoʻshigʻi uchun rasmiy klip birinchi marta 2020-yil 6-aprel kuni The Weekndning turli ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eʼlon qilindi. Klip ertasiga, 7-aprel kuni ommaga taqdim etildi. Klipni Anton Tammi suratga olgan. Unda, „In Your Eyes“ klipidagi voqealardan soʻng – yaʼni Tesfaye oʻldirilganidan keyin – uning ushbu albom erasi davomida shakllangan personaji oʻz sayohatini davom ettiradi. Videoda u sharlar bilan toʻldirilgan hashamatli uyda adashgan, sarosimaga tushgan va ruhan singan holda harakat qiladi. Klip Tesfayening choʻlga chiqib, hushsiz holda yiqilib tushishi bilan yakunlanadi. Ushbu klip tanqidchilar tomonidan iliq kutib olindi – jurnalistlar uni The Weekndning ilk Trilogy davridagi ishlariga oʻxshatishdi, hatto uni Robert De Nironing filmlari uslubiga qiyoslashdi.
Tijoriy muvaffaqiyati Albom chiqarilganidan soʻng, „Until I Bleed Out“ 2020-yil 4-aprel sanasidagi Billboard Hot 100 chartida 80-oʻrinni egalladi. Bu oʻsha haftada After Hours albomidan eng past natija koʻrsatgan qoʻshiq boʻldi.
Xodimlar Maʼlumotlar Tidaldan olingan.
The Weeknd – vokal, qoʻshiq muallifi, prodyuser, klavishlar, dasturlash Metro Boomin – qoʻshiq muallifi, prodyuser, klavishlar, dasturlash Oneohtrix Point Never – qoʻshiq muallifi, prodyuser, klavishlar, dasturlash Prince 85 – qoʻshiq muallifi, prodyuser, klavishlar, dasturlash Notinbed – qoʻshiq muallifi, prodyuser, klavishlar, dasturlash Dave Kutch – mastering Kevin Peterson – mastering
Chartlar Chart (2020)Eng yuqorioʻoʻrin Rolling Stone Top 10037 (SNEP)158(IFPI)72(AGATA)59 Heatseeker (Sverigetopplistan)11
Chiqarilish tarixi HududSanaFormatLeybl(lar)Har xil2020-yil 20-mart
Manbalar
Havolalar
Turkum:2020-yil qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar Turkum:Elektro qoʻshiqlari