Dovud al-Qaysariy () – dastlabki Usmonlilar davrining soʻfiy olimi, faylasuf va orif. U Markaziy Anatoliyadagi Qayseri shahrida tugʻilgan va eronlik olim Abdurrozoq Koshiyniyning (vaf. 1329) shogirdi boʻlgan.
U oʻnlab falsafiy asarlar muallifi boʻlib, ularning koʻpchiligi hozirda ham shia diniy maktablarida muhim darslik hisoblanadi. Uning eng muhim asari – Ibn Arabiyning „Fusus al-Hikam“ asariga sharh va Ibn al-Forid sheʼriyatiga tanqididir. Sulton Orhon Gʻoziy uning sharafiga Iznik shahrida maktab qurdirgan, bu Usmonli davlatining birinchi rasmiy madrasasi hisoblanadi.
Yana qarang Akbariya
Manbalar
Turkum:Akbariya soʻfiy olimlari Turkum:14-asr musulmon ilohiyotchilari