Hubaysh ibn Dulja al-Qayniy (; 684-yilda vafot etgan) – Jund al-Urdunn (Iordaniya okrugi)da yashagan Qudoʻa qabilasining yetakchisi. Umaviylar xalifalaridan Muoviya I (), Yazid I () va Marvon I () davrida sarkarda sifatida xizmat qilgan.

Hayoti Hubaysh ibn Dulja Suriya va Arabistonning shimoli-gʻarbiy qismida yashagan Qudoʻa qabilalar ittifoqiga mansub arablar yetakchisi Dulja ibn Mushammitning oʻgʻli boʻlgan. Manbalarda Duljaning islom paygʻambari Muhammad bilan uchrashgani va keyinchalik Suriyaning Jund al-Urdunn hududida yashaganligi qayd etilgan. Nisbasiga koʻra, Hubaysh Qudoʻa qabilalar ittifoqining bir boʻlagi boʻlgan Balqayn qabilasiga mansub. Toʻngʻich oʻgʻlining ismi Abdurahmon boʻlgani bois unga „Abu Abdurahmon“ (yaʼni, „Abdurahmonning otasi“) kunyasi berilgan.

Hubaysh 657-yilda xalifa Ali () qoʻshinlariga qarshi Siffin jangida Muoviya ibn Abu Sufyonning Iordaniyadagi Qudaʼa qabilasi qoʻshiniga boshchilik qilgan. 667/668 va 668/669-yil qish oylarida Muoviya hukmronligi davrida Antioxiya atrofida yurishlar uyushtirishda ishtirok etgan yoki shu yurishlarga bosh boʻlgan. Muoviyaning oʻgʻli va vorisi Yazid I () davrida Hubaysh 683-yilda al-Harra jangida Madina aholisiga qarshi harakatlangan Muslim ibn Uqba tomonida turib, irodaniyalik 1 000 kishilik qoʻshin tarkibida jang qilgan. Yazidning vafotidan soʻng bu qoʻshin Suriyaga qaytgan, biroq 684-yilda xalifa Marvon I uni Umaviylarga qarshi boʻlgan Abdulloh ibn az-Zubayrga qarshi yuborgan. Madinaning sharqiy qismida kechgan ar-Rabaza jangida Hubaysh Zubayriylar tarafdori boʻlgan Basra noibi al-Horis ibn Abdulloh al-Maxzumiy qoʻshini tarkibida boʻlgan fors kamonchisi Yazid ibn Siyoh al-Usvariy tomonidan oʻldirilgan. Umaviy qoʻshinining katta qismi halok boʻlgan, biroq tirik qolganlar orasida keyinchalik Iroq noibi sifatida xizmat qilgan Hajjoj ibn Yusuf ham bor edi.

Manbalar

Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari Turkum:Birinchi fitnada ishtirok etgan kishilar Turkum:Ikkinchi fitnada ishtirok etgan kishilar