Madian masjidi () – Xitoyning Pekin shahri, Haidian tumanidagi Madian hududida joylashgan masjiddir.
Tarixi Masjid Qing sulolasi hukmdori Kansi imperatori davrida, hududdagi xueylar sonining koʻpligi sababli qurilgan. Madaniy inqilob davrida masjid zavodga aylantirilib, namozxona esa ustaxona vazifasini bajargan. 1982-yilda zavod bu yerdagi faoliyatini toʻxtatgan va bino yana masjid sifatida ishlay boshlagan.
Meʼmorchiligi Masjid 200 nafar namozxonni oʻzida sigʻdira oladi va umumiy maydoni 3 800 m2ni tashkil qiladi. U xitoy meʼmorchilik uslubida qurilgan boʻlib, asosiy binoga namozxona, janubiy va shimoliy maʼruzalar zali hamda boshqa inshootlar kiradi.
Transport Masjidga Pekin metropolitenining Jiandemen bekatining janubiy chiqish tomonidan chiqib, piyoda yurib kelish mumkin.
Yana qarang
Xitoyda islom Xitoydagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Haidian tumanidagi binolar va inshootlar Turkum:Pekindagi masjidlar