Pathar Masjidi, mahalliy nomi Naev Mashid Boburiylar imperiyasi davrida qurilgan toshdan yasalgan masjid boʻlib, Hindistonning Jammu va Kashmir ittifoq hududidagi Srinagar shahrining eski shahar qismida joylashgan. U Jhelum daryosining chap qirgʻogʻida, Xonqoh-e-Moula ziyoratgohi ayni qarshisida joylashgan. Masjid binosi Milliy ahamiyatga ega yodgorlik hisoblanadi.
Tarixi Masjid 1623-yilda Boburiylar imperatori Jahongirning xotini Nur Jahon tomonidan qurdirilgan. Qurilishi tugallangach, masjid namoz uchun yaroqsiz deb topilib, diniy boʻlmagan maqsadlarda foydalanilgan. Bino 1930-yillarning boshlarida yana masjidga aylantirilgan
Meʼmorchiligi Masjidning Kashmir vodiysidagi boshqa masjidlardan ajralib turadigan oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Boshqa masjidlardan farqli oʻlaroq, u anʼanaviy piramidasimon tomga ega emas.Masjidda toʻqqizta mehrob (arkalar) mavjud boʻlib, markaziy arka boshqalaridan kattaroqdir.
Yana qarang
Hindistonda Islom Hindistondagi masjidlar roʻyxati
Izohlar
Manbalar
Turkum:Srinagardagi masjidlar Turkum:1620-yillarda qurilgan masjidlar Turkum:1623-yilda qurib bitkazilgan diniy binolar Turkum:Hindistondagi XVII asr masjidlari