Sonya Yoncheva (; 1981-yil 25-dekabrda tugʻilgan) – bolgariyalik opera ijrochisi (soprano), prodyuser, SY11 Productions kompaniyasi hamda Bulgarian Artist jurnalining asoschisi.

Yoshlik yillari Yoncheva 1981-yil 25-dekabrda Bolgariyaning Plovdiv shahrida dunyoga kelgan. Plovdivdagi Milliy musiqa va raqs maktabida fortepiano va vokal yoʻnalishida tahsil olgan. Oʻsmirlik yillarida musiqaga bagʻishlangan bolgar telekoʻrsatuvini olib borgan. 2000 va 2001-yillarda Bolgariyada boʻlib oʻtgan bir qancha musiqa tanlovlarida gʻolib boʻlgan. 2000-yilda akasi bilan birga Bolgariya Milliy Televideniyesi tomonidan tashkil etilgan va ishlab chiqarilgan „Hit-1“ tanlovida „Yil qoʻshiqchilari“ unvonini qoʻlga kiritgan.

Yoncheva klassik vokal boʻyicha chuqurlashtirilgan tahsilini Genève konservatoriyasida Danielle Borst rahbarligida davom ettirgan va 2009-yilda magistrlik darajasini olgan.

Karyerasi Yoncheva 2007-yilda William Christiening yosh xonandalar uchun moʻljallangan „Jardin des Voix“ akademiyasiga taklif etilgan.

Yoncheva 2010-yilda boʻlib oʻtgan Operalia tanlovida ayollar orasida birinchi oʻrinni egallagan va CulturArte maxsus mukofotini qoʻlga kiritgan. Iyun oyida Yoncheva Adina rolida L’elisir d’amore operasida chiqish qilgan, ushbu spektakl Peynier shahrida oʻtkazilgan Festival Nuits Musicales Sainte Victoire doirasida boʻlib oʻtgan.

2013-yil noyabr oyida Sony Classical leybli bilan shartnoma imzolagan.

Shaxsiy hayoti Yoncheva 2014-yil iyul oyida venesuelalik dirijyor Domingo Hindoyanga turmushga chiqqan. Ular birgalikda Shveysariyada istiqomat qiladi. Juftlikning Mateo ismli oʻgʻli 2014-yil 6-oktyabrda, Sofiya ismli qizi 2019-yil oktyabr oyida tugʻilgan. Yonchevaning ukasi Marin Yonchev sobiq rok ijrochisi boʻlib, 2010-yilda opera qoʻshiqchisi boʻlgan. Manbalar

Havolalar

Sonya Yoncheva Opéra national de Parisda Sonya Yoncheva Archived 2019-04-23 at the Wayback Machine at Sony Classical Sonya Yoncheva at Medici.tv

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Prodyuserlar Turkum:Plovdivlik musiqachilar