Al-Qarn jangi – Umaviylar xalifaligining Ifriqya viloyati hokimi Hanzala ibn Safvon al-Kalbiy va sufriy berber isyonchilari yetakchisi Oqasha ibn Ayub al-Fazoriy oʻrtasida kechgan jang. Qonli jangda Umaviylarning qoʻli baland kelgan, biroq ularning qoʻshini ham ogʻir talofatlar koʻrganligi bois chekinishga majbur boʻlgan.

Jang Ashrof jangi va Baqdura jangida Umaviylar qoʻshinlari butunlay tor-mor qilindi. Bu xabarni eshitgan Umaviy xalifasi Hishom ibn Abdulmalik Hanzala ibn Safvon al-Kalbiyni Ifriqiyaning yangi noibi etib tayinladi. Koʻp oʻtmay, Oqashaning hujumga tayyorgarlik koʻrayotgani va gʻarb tomondan Abdulvohid ibn Yazid al-Havvoriy boshchiligidagi yana bir katta berber qoʻshini yetib kelayotgani maʼlum boʻldiAl-Nuwayri, Nihāyat al-arab fī funūn al-adab, Vol XXIV, p. 33Ibn 'Idhari, Kitāb al-bayān al-mughrib fī akhbār al-Andalus wa-al-Maghrib, Vol I, p.89. Berber isyonchi qoʻshinlari Qayravon shahri yaqinida birlashib, shaharga yakuniy hal qiluvchi hujum uyushtirishni rejalashtirgan edi. Hanzala Abdulvohidning yurishini kechiktirib, avvalo Oqashaning yirik qoʻshini bilan toʻqnash kelishni xohladiAl-Nuwayri, p. 33Ibn 'Idhari, p. 89. U Abdulvohidning harakatini sekinlashtirish maqsadida unga qarshi otliq qoʻshinlarini yubordi va oʻz qoʻshinining asosiy qismini Oqashaga qarshi safarbar qildiAhmad ibn Khalid an-Nasiri, al-Istiqsa li-Akhbar duwal al-Maghrib al-Aqsa Vol I, p. 169. Ular Qayravon yaqinidagi al-Qarn degan joyda toʻqnash keldilar. Jang oʻta shiddatli va ogʻir kechdi, har ikki tomon ham katta talafot koʻrdi. Nihoyat, Hanzala berber qoʻshinini tor-mor keltirib, askarlarning koʻpini qirib tashlashga muvaffaq boʻldi. Oqashaning oʻzi asir olinib, qatl qilindi. Abdulvohidning oldinroq Qayravonga yetib kelishidan xavfsiragan Hanzala esa shahar tomon chekinishga majbur boʻldiAl-Nuwayri, p. 33.

Yana qarang

Baqdura jangi Al-Asnam jangi

Manbalar

Turkum:Umaviylar xalifaligi ishtirokidagi janglar Turkum:742