Al-Hasan ibn Ali Kurah - xalifa al-Mu’tazid hukmronligi davrida faoliyat yuritgan Abbosiylar xalifaligining harbiy sarkardasi.
Al-Hasan ibn Ali Kurah ilk bor 894/895-yilda, al-Mu’tazidning Jibal va Ray hududlari ustidan Abbosiylar hokimiyatini qayta oʻrnatishi jarayonida tarix sahnasiga chiqqan. At-Tabariyning maʼlumotlariga koʻra, Ray shahrida isyonchi sarkarda Rafi ibn Harsamaning vakili boʻlgan va al-Mu’tazidning oʻgʻli Aliga (keyinchalik al-Muktafiy nomi bilan tanilgan) ming nafar kishisi bilan taslim boʻlgan. 896-yilda al-Mu’tazid al-Hasanni Jazira hududidagi xorijiy isyonchilarga qarshi yurishga rahbar etib tayinlaydi, ammo bu vazifada biror bir hal qiluvchi natijaga erisha olmagan.
900-yilda Vizantiya imperiyasi bilan Kilikiya chegara zonasi (at-tugʻur ash-Shomiyya) noibi etib tayinlangan. Shu yilning noyabr oyida al-Mu’tazidning chegara hududlarida haram ogʻasi Vosifni taʼqib qilish harakatida ishtirok etadi. 901-yilda esa oʻz oʻrinbosari Nizor ibn Muhammadni Vizantiya hududiga bosqinchilik yurishiga joʻnatadi. Nizor ibn Muhammad u yerdan koʻplab asirlar va oʻljalar bilan qaytib keladi. Ular orasida 160 nafar ruhoniy hamda koʻplab xochlar va bayroqlar bor edi.
902-yil iyun/iyul oylarida al-Mu’tazid vafot etgandan soʻng, yangi xalifa al-Muktafiy bilan bosh qoʻmondon Badr al-Mu’tazidiy oʻrtasida kelishmovchilik yuz beradi. Shu sababli, al-Hasan qoʻshin bilan Badr panoh topgan Vosit shahriga yuboriladi. Voqea jarayonida oʻz qoʻshinlari tashlab ketgan Badr xalifa tomonidan avf etilganiga ishonib aldanadi va al-Muktafiy bilan uchrashuvga borayotganda qatl qilinadi. Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:9-asrda tugʻilganlar Turkum:10-asrda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligi generallari Turkum:Abbosiylar xalifaligi noiblari Turkum:Arab — Vizantiya urushlari ishtirokchilari Turkum:Avasim Turkum:9-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:10-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari