Andrey Mixaylovich Annenkov (; ; 1969-yil 21-yanvarda tugʻilgan) – ukrainalik sobiq professional futbolchi va hozirda futbol murabbiyidir. Andrey 2019-yilda jahon chempioni boʻlgan Ukraina U-20 terma jamoasida Oleksandr Petrakov murabbiylar shtabi aʼzosi edi. Shu munosabat bilan, Annenkov „Ukrainada xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya va sport davlat xodimi“ unvoni bilan taqdirlanganUKAZ PRYeZIDYeNTA UKRAЇNI № 521/2019. www.president.gov.ua. 15 July 2019.

Futbolchilik faoliyati Markaziy Ukrainaning Vinnitsa shahrida tugʻilgan Annenkov, futbolchilik faoliyatini Rossiya Federatsiyasining Kursk shahridagi sport maktablaridan birida boshlagan. U 1986-yilda Sovet Ittifoqining uchinchi divizioni (Ikkinchi Liga, 5-zona)da Rossiyaning „Avangard Kursk“ jamoasida oʻynab, professional faoliyatini boshlagan. Keyingi yili Annenkov Smolenskda harbiy xizmatni oʻtagan. Bu davrda u Havaskorlar (jismoniy tarbiya jamoalari) musobaqalarida SKA MVOning mahalliy armiya havaskorlar jamoasida oʻynagan. 1988—1989-yillarda Annenkov Sovet Ittifoqining uchinchi divizionida „Iskra Smolensk“ mahalliy armiya jamoasida toʻp surgan. 1990-yilda u Sovet Oliy ligasida oʻynagan Kiyevning „Dinamo“ klubiga taklif etilgan va oʻrinbosarlar jamoasi musobaqalarida ishtirok etgan. Shu yili Annenkov klubning qitʼa miqyosidagi musobaqalarida ilk bor maydonga tushgan.

Sovet Ittifoqi qulashi bilan Annenkov Ukrainaning oliy ligasi ishtirokchisi „Dinamo“ jamoasida qolgan va 1994—1995-yilgi mavsumning oʻrtalarigacha shu klubda oʻynagan.

Xalqaro faoliyati Annenkov Ukraina terma jamoasi safida faqat bir marta maydonga tushgan. Bu oʻyin 1992-yil 26-avgustda Vengriyaga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvda boʻlib, unda Ukraina jamoasi oʻz maydonida 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchragan edi.

Murabbiylik faoliyati Annenkov murabbiylik faoliyatini 2007—2008-yillarda uchinchi ligadagi Knyaja (Kiyev atrofi) va qayta tiklangan Prikarpattiya jamoalarida yordamchi murabbiy sifatida boshlagan. 2009-yilda u Kiyevning „Arsenal“ sport maktabi murabbiylar jamoasiga qoʻshilgan.

2014-yil fevralda u qayta tiklangan Kiyev „Arsenal“ klubining bosh murabbiyi etib tayinlangan, ammo 2015-yil 8-avgustda yangi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagani sababli isteʼfoga chiqarilgan.

2017-yilda Annenkov „Dinamo U19“ yoshlar jamoasiga taklif etilgan va u yerda 2021-yilgacha faoliyat yuritgan. Shu davrda Oleksandr Petrakovning yordamchi murabbiyi sifatida Ukraina yoshlar terma jamoasiga 2019-yilda jahon chempioni boʻlishida koʻmaklashgan.

2021-yilda Yuriy Morozning yordamchisi sifatida Odessaning „Chornomorets“ klubi murabbiylar jamoasiga qoʻshilgan, biroq kalendar yili oxirida Moroz bilan birga isteʼfoga chiqqan.

2021-yil avgust oyida Petrakov Ukraina milliy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlanganda, Annenkov ham u yerda uning yordamchisi boʻldi. 2022-yil oxirida u butun murabbiylar jamoasi bilan birga lavozimini tark etgan. Keyinchalik, 2023—2024-yillarda Armaniston terma jamoasida Petrakov bilan hamkorlikda faoliyat olib bordi. 2025-yil 16-aprelda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilanm shartnoma imzolagan va bosh murabbiy Vitaliy Levchenko shtabidan oʻrin olgan.

Mukofotlar Dinamo Kiyev

Sovet Oliy ligasi chempioni: 1990-yil Ukraina Premyer-ligasi chempioni: 1993, 1994 Ukraina kubogi sohibi: 1993-yil Manbalar

Havolalar Database of players participating in UPL

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FC Avangard Kursk futbolchilari Turkum:FC Iskra Smolensk futbolchilari Turkum:Dinamo Kiyev futbolchilari Turkum:FC Dinamo-2 Kiyev futbolchilari Turkum:FC CSKA-Borysfen Kiyev futbolchilari Turkum:FC CSKA-2 Kiyev futbolchilari Turkum:FC Arsenal Kiyev futbolchilari Turkum:FC Dnipro futbolchilari Turkum:FC Elista futbolchilari Turkum:FC Kryvbas Kryvyi Rih futbolchilari Turkum:FC Kryvbas-2 Kryvyi Rih futbollchilari Turkum:FC Irtish Pavlodar klubi futbolchilari Turkum:FC Sokol Saratov futbolchilari Turkum:FC Borysfen Boryspil futbolchilari Turkum:FC Borysfen-2 Boryspil futbolchilari Turkum:FC Systema-Boreks Borodianka futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ukrainalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainalik futbol murabbiylar Turkum:Neftchi klubiga aloqador shaxslar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Sportchilar